Aholi Sektorlar faoliyatidan rozi boʻlayapti
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 8-avgustdagi “Hududlarning jadal ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini taʼminlashga doir ustuvor chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi PQ-3182-sonli qaroriga hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining 2017-yil 11-avgustdagi 565-sonli qaroriga asosan qabul qilingan tuman hokimining 2017-yil 16-avgustdagi 514-sonli qarori boʻyicha tuman hududi 4 ta sektorga boʻlinib, bu sektorlarda faoliyat koʻrsatadigan ishchi guruhlar tuzilgan edi.
Ayni kunda ushbu sektorlarda har haftaning dushanba kunida “Aholini ijtimoiy himoya qilish”, seshanba kunida “Tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik subʼektlarining huquqi”, chorshanba kunida “Voyaga yetmaganlar huquqlarining taʼminlanishi, ular oʻrtasida nazoratsizlikning oldini olish”, payshanba kunida “Huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish”, juma kunida “Bozor infrastrukturasini rivojlantirish”, shanba kunida “Qishloq xoʻjaligida islohotlarni amalga oshirish”, yakshanba kunida “Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlash natijalari” haqidagi masalalar oʻrganilmoqda.
Sektorlarda faoliyat koʻrsatayotgan ishchi guruhlar xarakatlari hududlarda aholi ijtimoiy hayotining yaxshilanishiga hamda sohalarda amalga oshirilayotgan islohatlarning yanada jadallashuviga samarali taʼsir koʻrsatmoqda.
Tumandagi Sektorlar rahbarlari “Navroʻz” umumxalq bayrami arafasida mahalla va ovullarda istiqomat qilayotgan nuroniy faxriylarga, kam taʼminlangan, yordamga muhtoj fuqarolarning xonadonlariga borishib, ularga moddiy va maʼnaviy yordamlar koʻrsatishdi.
Jumladan, tuman ichki ishlar boʻlimi boshligʻi, podpolkovnik Dilshod Ibragimov rahbarligidagi 3-sektor ishchi guruhi aʼzolari “Durunki” mahallasida yashovchi 1-guruh nogiron Aminboy Oʻrozimbetovga, “Oʻzbekiston” mahallasida yashovchi kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan fuqaro Roza Qodirovaga, Jumurtov shaharchasida yashovchi kam taʼminlangan va boquvchisini yoʻqotgan fuqaro Ye Oʻrozaliyevaga, “Boy ovul” mahallasida yashovchi fuqaro Dilfuza Axmedovaga, “Durunki” mahallasida yashovchi kam taʼminlangan fuqaro Tursin Madatovaga, Kuyuk koʻpir ovulida yashovchi kam taʼminlangan fuqaro Shohsanam Ataniyazovaga yordam sifatida oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdilar
Sektorlar tomonidan amalga oshirilayotgan bunday sahovatli ishlardan aholining roziligi tobora oshib borayapti.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶