SAMARQAND SAYoHATI MAROQLI OʻTDI
Ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Prezident qaroriga muvofiq mamlakatimizdagi tarixiy Samarqand, Buxoro, Xiva kabi shaharlarga Navroʻz munosabati bilan berilgan dam olish kunlarida aholi uchun bepul sayohatlar tashkillashtirildi. Davlat tomonidan arzonlashtirilgan transport yoʻl haqlari kasaba uyushmalar tomonidan toʻlab berilib, sayohatchilarga qulaylik yaratildi. Tumanimiz fuqarolarining koʻpchiligi bu imkoniyatdan foydalanib, sayohatga chiqdilar.
Bayram kunlarida Qilichboy, Xolimbeg ovullaridan 12 nafar nuroniy qariyalar uchun ham 3-sektor rahbari, tuman Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi D.Ibragimov tashabbusi va homiyligida Samarqand, Buxoro shaharlariga sayohat tashkillashtirildi. Sayohat davomida tuman tibbiyot birlashmasidan jalb etilgan shifokor qariyalarning salomatliklarini nazorat qilib bordi. Nuroniylar Samarqand, Buxoro shaharlaridagi ulugʻ ajdodlarimizning maqbaralarini ziyoratlab, tarixiy obidalarni tomosha qildilar.
– Bizga gʻamxoʻrlik koʻrsatib shunday sayohatlarni amalga oshirayotgan Prezidentimizdan, tashkillashtirib homiylik qilgan tuman hokimi va Ichki ishlar boʻlimi boshligʻi D.Ibragimovdan gʻoyat minnatdormiz. Biz ham oʻz navbatida imkonimiz boricha tumandagi islohotlarning amalga oshishiga munosib qissa qoʻshishga harakat qilamiz–,deydi mamnunlik bilan qilichboylik nuroniy otaxon Mamut Adamboyev.
***
Amudaryo Qishloq xoʻjalik kasb-hunar kolleji oʻqituvchilari ham dam olish kunlarida Samarqand shahrida ekskursiyada boʻlib, bayram tantanalari va shahri azimni tomosha qilishga muyassar boʻldilar.
Kollej kasaba uyushmasi tomonidan tashkillashtirilgan sayohatga borgan 9 nafar oʻqituvchi ekskursiyani dastlab Birinchi Prezidentimiz I.Karimov qabrini ziyorat qilishdan boshlashdi. Shundan soʻng, Xizr ota, Goʻri Amir, Bibixonim, Al-Buxoriy, Amir Husayn maqbaralarini ham ziyorat qildilar. Registon maydonidagi tarixiy obidalarni, Mirzo Ulugʻbek rasadxonasini ham aylanib chiqdilar.
Tarixiy obidalar va maqbaralar ziyoratidan soʻng, sayohatchilar shahardagi Navroʻz saylini zavq bilan tomosha qildilar. Sayohatchilarga Registon maydonida 3D formatida chiroqlar yogʻdusidagi ajoyib lavhalar ham namoyish etildi.
Tumanimizdan tashrif buyurgan sayohatchilar Samarqand shahrida boʻlib oʻtgan sayohatdan katta taassurotlar bilan qaytdilar.
Ozoda Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶