Uyushqoqlik yaxshi natijalarga olib keldi
Bu yilgi umumxalq hasharida “Qipchoq” shaharchasi aholisi bilan birgalikda shaharcha hududida faoliyat koʻrsatayotgan taʼlim muassasalari oʻqituvchi va oʻquvchilar jamoalari ham faol ishtirok qildilar.
Shanbalik kunlarida shaharcha hududidagi Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollejining 70 nafardan ziyod oʻqituvchi va texnik xodimlari hamda 750 nafar oʻquvchilari obodonlashtirish ishlarida ishtirok etishib, kollej hududini toʻla tozalash, 1500metr ariq-solmalarni qazib tozalash, chiqindilarni chetga olib chiqish, 2000 tup manzarali va 400 tup mevali daraxt koʻchatlarini oʻtqazish, 5000 tup daraxtga shakl berib, ohaklash va 150 tup gul koʻchatlarini oʻtqazish ishlarini amalga oshirishga erishdilar.
Amudaryo agrobiznes kasb-hunar kollej oʻqituvchi va oʻquvchilari ishtirokida uyushqoqlik bilan oʻtkazilgan bu galgi hashar ona-yurtimiz va tabiatimiz goʻzalligini asrash hamda avaylash yoʻlidagi yana bir muhim qadam boʻldi.
Feruza Shomurodova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶