Hashar tufayli chor-atrof obod boʻldi
Tumanimizdagi 11-sonli umumtaʼlim maktabi oʻqituvchilar va oʻquvchilar jamoalari Navroʻz bayrami oldidan oʻtkazilgan umumxalq xayriya hasharida har qachongidan ham faol ishtirok qilishib, bir qancha tozalash va obodonlashtirish ishlarini amalga oshirdilar.
Hashar kunlarida maktabning 420 nafar oʻquvchisi, 77 nafar oʻqituvchisi va 20 nafar texnik xodimlari maktab hududida 20 ming metr kvadrat joyda tozalash ishlarini amalga oshirib, 1200 metr uzunlikdagi ariqchalarni qazib tozalashga va 4 tonna chiqindini tashqariga olib chiqishga muvaffaq boʻldilar.
Hashar davomida maktab hududida 220 tup ninabargli darxt koʻchatlari, 600 tup tol, terak koʻchatlari, 50 tup mevali daraxt va 200 tup gul koʻchatlari oʻtqazildi.
Maktab jamoasining hashar paytidagi uyushqoqligi sababli chor-atrof obod va koʻngillar shod boʻldi.
Feruza Shomurodova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶