BOʻSh ISh OʻRINLARI BOʻYIChA YaRMARKA OʻTKAZILDI
Tuman Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan “Boʻsh ish oʻrinlari” yarmarkasi muntazam oʻtkazilib kelinmoqda.
29-mart kuni ham Amudaryo qishloq xoʻjalik kasb-hunar kollejida “Boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi” boʻlib oʻtdi. Yarmarkada 25 ta korxona va tashkilotlar 186 ta boʻsh ish oʻrinlari bilan qatnashdilar. U yerda ayollar, yoshlar va kollej bitiruvchilaridan tashqari harbiy xizmat burchini oʻtab qaytgan yoshlar ham ishtirok etdilar.
Yarmarkaga tashrif buyurgan fuqarolardan 37 nafariga ishga joylashish uchun yoʻllanma berildi. Shu yerdan ishga qabul qilinganlar soni 17 nafarni tashkil qiladi. Qolgan fuqarolarga esa ishga joylashish boʻyicha zarur maslahatlar berildi.
Bandlikka koʻmaklashish markazi tomonidan yarmarkada ishtirok etib, bandligi taʼminlanmagan boʻsh ish oʻrinlariga ehtiyoji bor fuqarolarni ishga joylashtirish davom ettiriladi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶