YoShLAR NIMA DEYDI?
Keyingi vaqtlarda ayrim yoshlar orasida ortiqcha hoyu-havaslarga berilish, odob-axloq qoidalarini mensimaslik, vaqtini oʻqish, oʻrganish, foydali ishlarga emas, behuda sarflash, xorij filmlari qahramonlari hayotiga koʻr- koʻrona taqlid qilish, milliy mentalitetimizga yot gʻoyalarga - ergashish kabi boʻlmagʻur odatlar oʻrin olayotgani faqat ota- onalar, oʻqituvchilarni emas, barchani birdek bunga qarshi harakat qilishga undaydi.
Shu yilning 27-martida Iqtisodiyot kollejida tuman FHDYo boʻlimi, OʻzMTDP tuman Kengashi tashabbusi bilan oʻtkazilgan uchrashuv ham shu maqsadga qaratildi.
Uchrashuvda oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi oʻquvchilari, uyushmagan yoshlar vakillari va faollar ishtirok etdilar. Ular tuman FHDYo boʻlimi mudirasi S. Xolboeva, inspektori N. Oʻngʻarova, OʻzMTDP tuman Kengashi raisi Sh. Yangiboeva, “Mahalla” xayriya jamoat fondi xodimi M. Oʻrozboev, “Yusuf eshon bobo” jome masjidi imom xatibi A. Matsafoevlarning erta va qarindoshlar orasidagi nikohlarning ayanchli oqibatlari, yoshlarning oilaviy hayotga yengil - yelpi qarayotgani, ortiqcha hoyu- havaslarga berilayotgani koʻpgina koʻngilsizliklarga sabab boʻlayotgani xususidagi, shuningdek, sharqona odob-axloqni har yosh yigit-qiz oʻzida mujassam etishga erishmogʻi lozimligi xususidagi maʼruzalarini tingladilar. Ochiq muloqot tarzida tashkillashtirilgan tadbirda yoshlarning ham fikr-mulohazalari tinglandi, yoʻl-yoʻriqlar berildi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶