ENG KITOBXON OʻQUVChILAR ANIQLANDI
2018-yil 5-aprel kuni 3-sonli Amudaryo akademik litseyida 3-bosqich oʻquvchilari oʻrtasida “Yosh kitobxon” bellashuvi oʻtkazildi. Unda “Targʻibot”, “Tafakkur”, “Ziyo”, “Isteʼdod” deb nomlangan guruhlar 3 ta shart boʻyicha oʻzining bilim saviyasini, mahoratini koʻrsatib, quyidagi shartlar boʻyicha raqobatlashdilar:
1-shart oʻzbek adabiyotidagi 20 shoirdan tanlab olingan 2ta shoir, yozuvchining hayoti va ijodi haqida batafsil maʼlumot berish.
2-shart 4 ta nasriy asarning matnini oʻqib, uni ogʻzaki tarzda davom ettirish.
3-shart “Damino” deb aytiladigan oʻyin. Bunda asar nomi keltirilib, uning soʻnggi harfidan asar aytib davom ettirish.
Yakuniy natijalar boʻyicha “Isteʼdod” guruhi 1-oʻrinni, “Tafakkur” guruhi 2-oʻrinni, “Ziyo” guruhi 3-oʻrinni egalladi.
Shuningdek guruhlar “Eng zukko”, “Eng bilimdon”, “Eng chaqqon”, “Eng notiq” nominatsiyalari boʻyicha taqdirlandilar. Tadbir soʻngida bellashgan jamoa aʼzolari ushbu tadbir haqida oʻz fikrlarini bildirdilar.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶