Mahallada hisobot yigʻilishi oʻtkazildi
Joriy yilning 27-mart kuni Mangʻit shahridagi 9-sonli bolalar saʼnat va musiqa maktabi binosida “Boy ovul” va “Durunki” mahalla fuqarolar yigʻinlarining qoʻshma hisobot yigʻilishi boʻlib, unda ikkala mahalla faollari ishtirok etdilar.
Hisobot yigʻilishida mahallalar profilaktika inspektori Inoyat Bobojonov har ikkala mahallada jinoyatchilikning oldini olish borasidagi faoliyati haqida hisobot berdi. Shuningdek, “Boy ovul” va “Durunki” mahallalari posboni sardorlari Umar Madiyorov va Oʻktam Bobojonovlar, fuqarolar yigʻinlari diniy maʼrifat va maʼnaviy axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari Fotima Doʻsimbetova va Gavhar Mingboevalar oʻz faoliyatlari yuzasidan hisobot berdilar.
Hisobotlar yuzasidan boʻlgan muzokaralarda “Boy ovul” mahallasi faollari Ozod Eshniyozov, Ibrohim Ismoilov, Soliy Qoʻshaev va “Durunki” mahallasidan Baxtiyor Abdullaevlar soʻzga chiqishib, eshitilgan hisobotlar yuzasidan oʻz fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Yigʻilishda taqdim etilgan hisobotlar yuzasidan qaror qabul qilindi.
A. Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶