Amudaryoda ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga oʻrnatilgan monumental yodgorliklar atrofi obodonlashtirildi
Shu yilning 10-11-aprel kunlari Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik Partiyasi tuman Kengashining “Yoshlar qanoti” tashabbusi bilan tumandagi Qilichboy, Xitoy va Chordara ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarida «Tarixdan sado berguvchi obod goʻshalar!» shiori ostida yoshlar aktsiyasi boʻlib oʻtdi.
Oʻzbekiston “Milliy tiklanish” Demokratik Partiyasidan saylangan tuman Kengashi deputatlari, partiya faollari hamda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi yetakchilari ishtirokida oʻtkazilgan yoshlar aktsiyasida dastlab, Amudaryo maishiy xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji oʻqituvchilari va oʻquvchilari tomonidan Qilichboy ovuli hududidagi ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga oʻrnatilgan monumental yodgorlik atrofida tozalash ishlari olib borildi.
Mazkur aktsiya Xitoy ovulida hududida joylashgan ikkinchi jahon urushida halok boʻlganlar xotirasiga oʻrnatilgan monumental yodgorlikda ham davom ettirildi. Aktsiyada Amudaryo transport va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kollejining oʻquvchi yoshlari tomonidan yodgorlik atrofida obodonlashtirish ishlari olib borilib, gullar va 35 turdagi mevali va manzarali daraxt koʻchatlari ekildi.
Yoshlar aktsiyasi tuman markazidagi Chordara mahallasi hududida joylashgan xotira maydonchasida ham oʻtkazildi. Yoshlar ittifoqi tuman kengashi bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tadbirda oʻquvchi yoshlar yodgorlik atrofida tozalash ishlarini olib borish bilan bir qatorda obodonlashtirish ishlariga ham koʻmaklashdilar. Bu kabi tadbirlar oʻsib kelayotgan yosh avlod vakillarining Vatanga muhabbat, ona yurtga sadoqat, yurtning ertasiga daxldorlik tuygʻulari bilan ulgʻayishiga, tinchlik-osoyishtalikni qadrlab yashashga undaydi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶