Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga besh million soʻm miqdorida biryoʻla pul mukofoti beriladi
2018-yil 16-aprel kuni Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Xotira va Qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori qabul qilindi.
Mazkur Farmon bilan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va nogironlariga besh million soʻm miqdorida biryoʻla pul mukofoti belgilandi.
Prezident qarori bilan Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan tadbirlarga tayyorgarlik koʻrish va ularni oʻtkazish boʻyicha dastur va ishchi guruhi tarkibi tasdiqlandi.
Ishchi guruhiga qator vazifalar, jumladan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining istaklari asosida ular oʻzlari jang qilgan mamlakatlarga bir nafar kuzatuvchi bilan safarini, Yalta va Kislovodsk shaharlaridagi “Oʻzbekiston” hamda respublika hududidagi boshqa sanatoriylarga bir nafar kuzatuvchisi bilan birga bepul dam olishini tashkil etib, ularni zarur avia va temir yoʻl chiptalari bilan taʼminlash vazifalari topshirilgan.
Bayram kuni – 9-may soat 21.00 da Toshkent shahrida Xotira va Qadrlash kuniga bagʻishlangan bayram salyuti, shu kuni Qoraqalpogʻiston Pespublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida Ikkinchi jahon urushi vaqtidagi harbiy texnikalar namoyishi tashkil etiladi.
(Foto - OʻzA)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶