Yoshlar yetakchilari tomorqalarga ekin ekishga koʻmaklashmoqda
Tumandagi “Tomorqaga ekin ekish oyligi” jarayonlarida Yoshlar ittifoqining tuman Kengashi aʼzolari faol ishtirok etib, mahallalarda xonadonlar egalarining oʻz tomorqalaridan qanday foydalanayotganliklaridan xabardor boʻlish uchun uyma-uy yurib, jamoatchilik nazoratini amalga oshirmoqdalar. Uyma-uy yurish jarayonida faxriy ustozlar va kam taʼminlangan oilalar holidan xabar olinib, tomorqalarida ekin ekishlariga, koʻchatlar koʻchirishlariga, yaqindan koʻmak berilmoqda.
“Chordara” mahallasida ham ittifoqning tuman Kengashi 36-maktab yetakchisi Nigora Bozorboyeva maktabdagi ittifoq aʼzolari boʻlgan oʻquvchilar bilan birgalikda xonadonlardagi tomorqalar holatini koʻrib chiqdilar. Kam taʼminlangan, yordamga muhtoj oilalarga koʻmaklashilib, oʻz hisoblaridan turli – mevali va manzarali koʻchatlar hadya qildilar.
Koʻchatlarni birgalikda tomorqalariga ekib yordam koʻrsatgan ittifoqning tuman Kengashi aʼzolaridan mahalla ahli nihoyatda mamnun boʻldilar.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶