Oltin kuz saxovati
Bugungi kunda tumanimizning 16050 gektarlik bepoyon paxtazorlari katta yaratuvçilik maydoniga aylangan. Bu mehnat maydonlarida 27 ming nafardan ortiq terimçilar ertalabdan keçgaça ter tökib mehnat qilmoqdalar. Ularning unumli mehnat qilişlari uçun dala boşida qulay şart-şaroitlar yaratilgan. Tuşlikda issiq çoy, issiq ovqat muhayyo. Toş-tarozilar betöxtov işlab turibdi. Terilgan paxtalarni ölçovçi yigitlarning qöli-qöliga tegmaydi. Paxta hosiliga töldirilgan tirkama-aravalarni traktorlar qabul punktiga peşma-peş taşib, yetkazib bermoqda.
Tumanimizda faoliyat körsatayotgan 261 ta fermer xöjaliklarining har birida taşkil etilgan yiğim-terim otryadlari rahbarlari doimo dala boşida bölib, terim surʼatining oşişiga, terimçilar uçun qulay şaroitlar yaratilişiga, mehnat haqlarining öz vaqtida tölab borilişiga, paxta hosilining öz vaqtida betöxtov qabul punktiga taşilişiga, xullas, yiğim-terim otryadining bekam-u köst işlab turişiga masʼuldirlar. Ular öz zimmalaridagi bu muhim vazifani ado etişning uddasidan çiqmoqdalar.
Yiğim-terim işlarini yaxşi taşkil etib, terim surʼatlarini oşirayotgan "dörman”lik, "xolimbeg”lik, "qiliçboy”lik, "qipçoq”lik, "çoyköl”lik, "örta qalʼa”lik paxtakorlar kun sayin marra sari yaqinlaşmoqdalar. Peşqadam fermer xöjaliklaridan esa ketma-ket xuş-xabarlar kelib turibdi. Mana şunday xuşxabar birinçi bölib "Örta qalʼa” ovulidan olindi. Nurulla Yaxşimurodov boşqargan "Yusufxöja” fermer xöjaligi paxtakorlari tumanimizda birinçi bölib paxta tayyorlaş böyiça yillik şartnomaviy rejasini ortiği bilan bajarib, marradan oşdilar. 115 gektar paxta maydonidan 250 tonnadan ortiq aʼlo navli paxta hosili topşirildi.
- Paxtazorlarimizda ikki yuz nafarga yaqin terimçilar mehnat qilişmoqda. Ularning unumli mehnat qilişlari uçun dala boşida barça qulay şart-şaroitlarni yaratib berganmiz. Şu bois Dilbar Davlatboyeva, Oyimjon Nurimbetova, Norgul Yusupova va Muqaddas Polvonova kabi terimçilarimiz mavsum boşidan buyon har biri 5,5-6 tonnadan "oq oltin” durdonalarini terib topşirdilar. Biz bu singari ilğor terimçilarimizni öz vaqtida moddiy va maʼnaviy rağbatlantirib bormoqdamiz.
Körib turganingizdek, hali paxtazorlarimizda hosil möl, yana rejaga qöşimça 210 tonna paxta hosili topşirib, yalpi xirmonimizni 460 tonnadan oşiramiz, - deydi ilğor fermer Nurulla Yaxşimurodov.
Yana sözi bilan işi bir ilğor fermerlardan Qiliçboy qişloğining "Hizr eli” mahallasidagi Omonboy Rajabov rahbarligidagi öz ismi-şarifi bilan ataluvçi fermer xöjaligidir. Bu fermer xöjaligi-yam birinçilardan bölib yillik şartnomaviy rejasini şaraf bilan bajarib, marradan oşdi. 90 gektarpaxta maydonidan 210 tonnadan ortiq "oq oltin” durdonalarini yiğiştirib olib, davlat xazinasiga topşirişdi.
- Paxtazorlarimizda har kuni erta tongdan mehnat qaynaydi. Ayni kunda tört yuz nafarga yaqin terimçilar ter tökib, mehnat qilişmoqda. Hatto terimçilarni sanaşga ham ulgurolmay qolaman. Eng ilğor terimçilarimizdan Gulzoda Yöldoşeva, Bozorgul Bobojonova, Raʼno Aminova va Şarifa Xoliyozovalarning har biri kuniga 180-200 kilgrammdan paxta terib, xirmonimizga baraka kiritmoqdalar. Majburiyatimiz - 40 tsentnerlik yuksak marrani egallab, ona – Vatanimizga jami 360 tonna yuqori navli paxta hosilini topşirişdir. Söz berdikmi, buning uddasidan albatta çiqamiz, - deydi yetakçi fermer Omonboy Rajabov.
Ha, elimizda mana şunday mard yigitlar hamişa bor bölişsin. Xalqimizda: "nor yigitlari bor elning yuki yerda qolmaydi” degan naql bejizga aytilmagan-ku, axir.
Qobul ŞOMURODOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶