“Kamalak bilimdonlari” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi
Yaqinda tumanimizdagi 9-soni Bolalar musiqa va sanʼat maktabida “Kamalak bilimdonlari” tanlovining tuman bosqichi boʻlib oʻtdi. Unda 8 ta maktab va 8-son ixtisoslashtirilgan davlat umumtaʼlim maktabi jamoalari ishtirok etdilar.
Tanlovda qatnashgan jamoalarning bilimlari “Kamalak aʼzosiman” tanishtiruv sharti, “Kamalak bilimdonlari” savol-javob sharti va “Men orzu qilgan “Kamalak” bolalar tashkiloti” ijtimoiy loyihasi asosida sinovdan oʻtkazildi. Shuningdek, “Aʼlochilar bellashganda” intellektual ring shartida oʻquvchilar oʻz bilim va salohiyatlarini namoyish qildilar.
Qizgʻin davom etgan tanlov yakunida gʻoliblar aniqlandi. Jumladan, 1-oʻringa 11-maktabning “Nihol” jamoasi, 2-oʻringa 76-maktabning “Yoshlik” va 67-maktabning “Amu bilimdonlari” jamoalari, 3-oʻringa esa 36-maktabning “Kamalak yulduzlari” jamoalari loyiq deb topildi. Yoshlar Ittifoqi tuman Kengashi tomonidan 1-oʻrin sohibi boʻlgan 11-maktabning “Nihol” jamoasi kompyuter jamlanmasi, 2- hamda 3-oʻrin sohiblari esa boshqa qimmatbaho sovgʻalar va diplomlar bilan taqdirlandi.
Keyinchalik tanlovning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichiga yoʻllanma olgan 11-maktabning “Nihol” jamoasi Nukus shahrida oʻtkazilgan tanlovda barcha tumanlardan tashrif buyurgan jamoalar bilan bellashdi va Pespublikada 2-oʻrin gʻolibligini qoʻlga kiritishga muvaffaq boʻldi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶