XAYRIYa KONTsERTI BOʻLIB OʻTDI


Shu yilning 19-aprelida tumanimizning Voxum aholi punktida joylashgan oʻyingohda Oʻzbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi Madaniyat saroyi ashula va raqs ansamblining xayriya kontserti boʻldi.
Dasturda tushgan mablagʻlarni bugungiday tinch va osuda turmush tarzi barqarorligi yoʻlida xizmat vazifasini ado etayotib halok boʻlgan ichki ishlar xodimlarining oila aʼzolarini, farzandlarini qoʻllab-quvvatlashga qaratish maqsadida oʻz isteʼdodlarini namoyish etgan boshlovchi Uchqun Tillayev, xonandalar Gulyuz, Mashhura Ergashova, Suxrobbek Hamdamov, Sherali Bekmurodov, “Mango” guruhi aʼzolari va taniqli soʻz ustalari Oʻtkir Muhammadxoʻjayev, Avaz Oxunlarning har bir chiqishini tumanimiz aholisi qiziqib tomosha qildilar, Ona Vatan, mustaqillik, ozod va obod yurtda yashash baxti tarannum etilgan qoʻshiqlardan ulkan taassurotlar oldilar.
Ayniqsa, mashhur qiziqchilar Oʻtkir Muhammadxoʻjayev, Avaz Oxunlarning sodda, begʻaraz va kuchli yumorga boy hangomalari barchaga manzur boʻldi. Dasturda ishtirokchilarining kontsertdan tushgan mablagʻlarni xayr-saxovatdek savobli ishga bagʻishlaganlari juda diqqatga sazovordir.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶