28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 17:21
👁 3,495

ORASTALIK - BAXTGA ELTAR YOʻL

ORASTALIK - BAXTGA ELTAR YOʻL

Odamlarni bir-biriga yaqinlashtirishga, bir-biriga suyanib hayot kechirishga zamin boʻlguvchi oʻziga xos xususiyatlar xalqimizning turmush va tafakkur tarzida necha asrlar davomida shakllanib, sayqallanib kelgan. Kishilarning bir-biri bilan, qoʻshnining qoʻshni, oilaning oila bilan ahil-inoq, hamjihatlikda, eng muhimi, shaxsning jamiyat  bilan uygʻun yashashi shuurimizdagi chuqur oʻrin olgan buyuk qadriyatlarimizning amaliy ifodasidir. Mehr-oqibat, birdamlik ham xalqimizning qon-qoniga singib ketgan ana shunday qadriyatlarimizdan sanaladi.

Shu boisdan kimning uyida toʻy boʻlsa, kimning boshiga ish tushsa, mahalla, qoʻni-qoʻshnilar shu yerda jam boʻladi. Quvonchini ham, tashvishini ham birga koʻtaradi.

Xalqimizga xos anʼana, urf-odat va udumlarni saqlab, rivojlantirishga hissa qoʻshib kelayotgan bizning ovulimizda 5 mingdan ziyod aholi istiqomat qiladi. Shuning 2800 nafarini ayollar, 600 dan ziyodrogʻini 6 yoshgacha boʻlgan bolalar, 931 nafarini 17 yoshgacha boʻlgan oʻsmir yoshlar tashkil etadi.

Ovul fuqarolar yigʻinimizda oʻsib kelayotgan yosh avlodning sogʻlom, yuksak maʼnaviyatli, el-yurt koriga yelka tuta oladigan oʻgʻil-qizlar boʻlib voyaga yetishiga ulkan ahamiyat berilmoqda.

Yoshlarning boʻsh vaqtlarini koʻngilli oʻtkazishiga erishish maqsadida hududimizdagi taʼlim muassasalarida va kasb-hunar kollejida turli toʻgaraklar faoliyat olib borayapti. Bolalarning intellektual qobiliyatini aniqlash, rivojlantirishga koʻmaklashish, kasb-hunarga yoʻnaltirish maqsadida taʼlim muassasasi, oila, mahalla hamkorligi yoʻlga qoʻyilgan va samarali faoliyat olib borayapti.

Oilalarda sogʻlom turmush tarzining barqarorligi shu oilada voyaga yetayotgan farzandlar kamoliga samarali taʼsir oʻtkazadi.

Axir qush uyasiga qarab uchadi, degan maqol bejiz aytilmaganda. Shuni inobatga olgan holda ovulimizdagi mavjud 837 ta xonadonlarda sogʻlom turmush tarzining, oʻzaro mehr-oqibat va hamjihatlikning barqaror boʻlishi uchun targʻibot-tashviqot ishlarini olib borayapmiz.

Xalqimiz milliy mentalitetiga xos boʻlgan shunday odatlari borki, turmushimizni fayzli, koʻngillarimizni charogʻon etadi. Bular – obodlik, orastalik, saranjom-sarishtalik  va mehnatsevarlikdir.

Oilada farzandlarimizga, qizlarimiz ongiga bu buyuk tuygʻularning singdirilishi chor-atrofimizning, xonadonimizning ozoda, koʻrkam va obod boʻlishini taʼminlaydi.

Darhaqiqat, biror xonadonga kirib kelgan kishi ostonadayoq shu yerda yashovchi kishilar haqida biroz tushunchaga ega boʻladi. Odamlarning oʻtirish-turishi ularning maʼnaviyatining koʻzgusidir.

Shunisi quvonarliki, keyingi yillarda xonadonlar, atrofini toza, orasta saqlashga, koʻkalamzorlashtirishga, tomorqa yerlardan unumli foydalanishga eʼtibor kuchaymoqda. Odamlarning oʻzlari bu odatlarni turmush meʼyoriga aylantirishmoqda.

Bugungi kunda ovulimizning 833 nafar fuqarosi uy mehnati bilan band. Ularning koʻpchiligi xotin-qizlardir. Bu ham albatta xonadonlar iqtisodiga ijobiy taʼsirini oʻtkazishi tabiiy.

Hayotda baxtiyor, farovon va mazmunli yashashni hamma ham istaydi. Biroq bunday turmush darajasiga erishishning oʻzi boʻlmaydi. Ha, baxt kaliti oʻz qoʻlimizda, unga eltar yoʻl esa sogʻlom turmush tarzi va mehnatdir.

Bizning faoliyatimiz esa ovulimiz xonadonlarida baxt-iqbol, toʻkin-sochinlik, osoyishtalik barqaror boʻlishiga erishishga qaratilgandir.

Raʼno JUMANIYoZOVA,

"Qilichboy” OFYning diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchisi.

🎬 Videogalereya Barchasi →
64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi ▶ 64-sonli maktab oʻqituvchisi “Yil oʻqituvchisi” koʻrik-tanlovining Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichi gʻolibi boʻldi 26.09.2026 Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026