SEMINAR TADBIRKORLARNING HUQUQIY BILIMI OShIShIGA XIZMAT QILADI
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tez surʼatlar bilan rivojlanishida tadbirkorlikka, xususiy biznesga qaratilayotgan eʼtibor, xususan, tadbirkorlarning huquqlarini himoya qilish borasida qabul qilinayotgan qator meʼyoriy hujjatlarning muhim oʻrni bor.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 14-iyul kungi “Tadbirkorlik subʼektlarini huquqiy himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” gi Farmoni jamiyatni demokratlashtirish va yangilash, mamlakatni isloh qilish hamda modernizatsiyalash, sud-huquq tizimini yanada erkinlashtirish, nazorat organlarining tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga aralashuvini kamaytirish, ularning huquq va manfaatlari himoya qilinishini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati asossiz cheklanishiga yoʻl qoʻymaslik kabi maqsadlarni oʻzida mujassam etganligi bilan ahamiyatlidir.
Soha rivoji uchun qabul qilinayotgan qaror va boshqa huquqiy – meʼyoriy hujjatlar bilan tadbirkorlarni tanishtirib borish, huquqiy madaniyatni oshirish ham juda muhim.
Shu maqsadda 19-aprel kuni tuman Davlat soliq inspektsiyasida tuman iqtisodiy sudi tomonidan seminar tashkil etildi.
Tadbirda tuman Iqtisodiy sudi raisi U. Sobirov ishtirokchilarga sohaga doir yangi qabul qilingan huquqiy-meʼyoriy hujjatlar haqida, shuningdek, tadbirkorlikning bankrot holatiga tushib qolishining oldini olish, moliyaviy jarimalarni qoʻllash tartiblari haqida maʼruza qildi.
Seminarda tadbirkorlik subʼektlari oʻz faoliyatida uchrayotgan ayrim muammolar haqida gapirib, zarur yoʻl-yoʻriqlarni oldilar.
Oʻtkazilgan tadbir soliq sohasi xodimlari va tadbirkorlarning huquqiy bilimlari oshishiga xizmat qilgani bilan ham ahamiyatli boʻldi.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶