Bolalarni maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari yoʻlga qoʻyilmoqda
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatishning maʼmuriy reglamentni tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Qarori qabul qilindi. Reglamentda bolalarni davlat maktabgacha taʼlim muassasalariga (keyingi oʻrinlarda muassasalar deb ataladi) qabul qilish tartibi belgilangan.
Ushbu Reglamentning amal qilishi bolalarni davlat ixtisoslashtirilgan maktabgacha taʼlim muassasalariga qabul qilishda tatbiq etilmaydi.
Ota-onalar yoki ularning oʻrnini bosuvchi shaxslar (keyingi oʻrinlarda arizachilar deb ataladi) yoʻllanmalar olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga kelib murojaat qiladilar yoki elektron tarzda davlat xizmatlari olish uchun yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida roʻyxatga olinadilar. Kelib murojaat qilingan taqdirda Davlat xizmatlari markazi xodimi arizachi nomidan, YaIDXP orqali murojaat qilingan taqdirda esa arizachi davlat xizmatlari olish uchun anketani elektron tarzda mustaqil ravishda, vakolatli organning rasmiy veb-saytida joylashtirilgan maʼlumotdan foydalangan holda ushbu Reglamentga muvofiq shakl boʻyicha anketa toʻldiradi.
Arizachilardan ushbu bandda koʻrsatilmagan maʼlumotlarni, shuningdek boshqa hujjatlarni taqdim etishni talab qilish qatʼiyan taqiqlanadi. Arizachilar anketada boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan muassasani (yoʻllanma olish uchun), boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan muassasani (navbatga kiritilishi uchun), boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan ikkita muassasani (navbatga kiritilishi uchun), boʻsh oʻrinlarga ega boʻlgan bitta muassasani (yoʻllanma olish uchun) va boʻsh oʻrinlarga ega boʻlmagan boshqa muassasani (navbatga kiritilishi uchun) koʻrsatish huquqiga egadir.
Arizachi farzandini muassasaga qabul qilishning kichik yoshga yetgunigacha navbatga qoʻyish huquqiga ham ega sanaladi. Yoʻllanma muassasaga qabul qilish boʻyicha kichik yoshga yetishidan erta boʻlmagan muddatda beriladi.
Bolalarni muassasaga qabul qilish boʻyicha davlat xizmati bepul amalga oshiriladi.
U.SAPARBAYeVA,
tuman Davlat xizmatlari markazi boʻlim boshligʻi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶