KROSS MUSOBAQASI ÖTKAZILDI
Tumanimizda Xotira va qadrlaş kuni oldidan bayram munosabati bilan turli sport musobqalari, turnirlar taşkillaştirilmoqda.
8-may kuni tuman Jismoniy tarbiya va sport bölimi, “Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyati tuman hududiy bölinmasi hamda Yoşlar ittifoqi tuman Kengaşi tomonidan 3 kilometrga yuguriş böyiça kross musobaqasi ötkazildi. Musobaqada 300 nafardan ziyod yoş sportçilar iştirok etdilar.
Çaqqon va ildam harakat qilib, finiş çiziğiga yetib kelgan yoş sportçilar musobaqa ğolibi böldilar. Öğil bolalar içida 42-maktab öquvçisi Ruslan Örinboyev 1-örinni, 17-maktab öquvçisi Begzod Hayitboyev 2-örinni, 35-maktab öquvçisi Mirjalol Davletboyev 3-örinni qölga kiritdi.
Sportçi qizlar içidan Yoşlar ittifoqi aʼzosi Zuhra Ortiqovaga 1-örin, 35-maktab öquvçisi Saida Tursunboyevaga 2-örin, 25-maktab öquvçisi Tillo Şomurodovaga 3-örin nasib qildi. 56-maktab öquvçisi, 9 yoşli Maftuna Qodirboyeva qizlar örtasida, 13-sonli maktab öquvçisi, 11 yoşli Begzod Hayitboyev esa öğil bolalar örtasida musobaqaning eng yoş iştirokçisi deb topildi.
Ğoliblar tumanda Xotira va qadrlaş kuniga bağişlab ötkaziladigan bayram tadbirida taqdirlanadi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶