Yoshlar ittifoqi faollari hamda askarlar urush va mehnat faxriylari holidan xabar olishdi
Oʻzbekiston yoshlar ittifoqi tuman kengashi raisi M.Shermetov hamda “Kamalak” bolalar tashkiloti raisi J.Davletov 9-may xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Ikkinchi jahon urushi faxriylari va front ortida xizmat qilgan yurtdoshlarimizni kelayotgan bilan tabriklab, ularning holidan xabar oldi va bayram sovgʻalarini topshirdi.
Keksa otaxonlarimiz urush va urushdan keyingi tiklanish yillarining qiyinchiliklari haqida yoshlarga soʻzlab berdi. Yoshlarni hozirgi dorilomon kunlar qadriga yetishga, aʼlo baholarga oʻqib, mamlakatimiz taraqqiyoti yoʻlida xizmat qilishga chaqirdi.
Qipchoq ovulida yashovchi Oʻtamurod ota Bozorboev ham Yoshlar ittifoqi faollarining tashrifidan juda mamnun boʻldi. Urush faxriysiga bayram sovgʻalari topshirildi.
Mangʻit shahrining Navoiy nomli mahallasida yashovchi Vahob ota Oʻrazboev xonadonida boʻlgan yoshlar tashkilot rahbariyati boshchiligida mehnat faxriysining uy ishlariga koʻmaklashdilar.
Shuningdek, tumanimizda harbiy xizmat burchini oʻtayotgan askarlar ham Yoshlar ittifoqi faollari bilan birgalikda urush va mehnat faxriylarining xonadonlarida boʻlib, ularning holidan xabar olishdi.
Bogʻ mahallasida yashovchi urush faxriysi Yoʻldosh ota Ortiqovning ham askarlar va yoshlar tashrifidan boshi koʻkka yetdi.
Javlonbek Yuldoshev,
Yoshlar ittifoqi tuman kengashi press-klub yoʻnalishi etakchisi

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶