Xotira va qadrlash kuni bayrami keng nishonlandi (+video)
9-may kuni Mangʻit shahridagi Xotira bogʻida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan bayram tadbiri oʻtkazildi.
Tadbirda tuman hokimligi, huquqni muhofaza qilish organlari, hokimlik boʻlimlari, muassasa, korxona va tashkilotlar rahbarlari, deputatlar, mahalla faollari va keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdilar.
Bayram tadbirini tuman hokimining birinchi oʻrinbosari M.Temirboyev kirish soʻzi bilan ochdi va olib bordi.
Tumanimiz hokimi S.Yoʻldoshev soʻzga chiqib, yigʻilganlarni Xotira va qadrlash kuni bayrami, fashizm ustidan qozonilgan gʻalabaning 73 yilligi munosabati bilan qizgʻin tabrikladi.
Tuman hokimi oʻz soʻzida davlatimiz rahbari tomonidan urush va mehnat faxriylarini eʼzozlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash, salomatligini muhofaza qilish, nuroniylar uchun qulayliklar yaratishga alohida eʼtibor qaratilayotganini taʼkidladi. Prezident Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 16-apreldagi “Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarini ragʻbatlantirish toʻgʻrisida”gi farmoni hamda “Xotira va qadrlash kuniga tayyorgarlik koʻrish va uni oʻtkazish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorida urush qatnashchilari holidan xabar olish, yurt tinchligi va ozodligi yoʻlida jon fido qilgan yurtdoshlarimiz xotirasini yod etishdek ezgu maqsadlar ifodasini topgan.
Tumandagi taʼlim muassasalari tomonidan urush yillarining qaygʻuli voqealari, gʻalabaning quvonchli onlari aks ettirilgan sahna koʻrinishi namoyish qilindi. Madaniyat boʻlimi xonandalari ijro etgan ona Vatan, tinchlik va doʻstlik tarannum qilingan kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlar qalbiga olam-olam quvonch baxsh etdi.
Urush va mehnat faxriysi Yoʻldosh bobo Fayzullayev barcha yigʻilganlarni va quroldosh doʻstlarini Gʻalabaning 73 yilligi bilan tabrikladi.
Tadbir davomida 9-may - Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan oʻtkazilgan sport musobaqalarining gʻoliblariga diplom va esdalik sovgʻalari topshirildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶