“NIHOL” MUKOFOTI UChUN NOMZODLAP SAPALANDI
Mamlakatimizda milliy musiqa sanʼatni rivojlantirish, yosh isteʼdod sohiblari orasida yangi iqtidor egalarini aniqlash maqsadida Birinchi Prezidentimiz tomonidan taʼsis etilgan “Nihol” mukofoti uchun tanlov oʻtkazib kelinmoqda. Oʻtgan davr mobaynida tanlovda ishtirok etgan 17 yoshdan 25 yoshgacha boʻlgan koʻplab yoshlar oʻz mahoratlarini namoyish etib, mazkur mukofotga sazovor boʻldilar.
Yaqinda tuman Madaniyat va aholi dam olish markazida mukofotga nomzodlarni saralash uchun tanlovning tuman bosqichi oʻtkazildi. Unda qatnashgan 22 nafar ishtirokchi estrada, anʼanaviy ashulachilik sozandachilik, opera va raqs yoʻnalishlari boʻyicha mahoratlarini koʻrsatdi.
Tanlovda ishtirokchilarning ijro mahorati sahnada oʻzini tutishi, repertuar saviyasiga ham eʼtibor qaratildi va estrada yoʻnalishi boʻyicha Doniyor Bobojonov, anʼanaviy ashulachilik yoʻnalishi boʻyicha Xursand Shukurullayev, sozandachilik boʻyicha Xayrulla Ollayorov, opera yoʻnalishi boʻyicha Otabek Ahmadov, raqs ijrochiligi boʻyicha Qunduzoy Eshchanovalar tanlovning tuman bosqichi gʻolibi deb topildilar.
Gʻoliblarga tanlovning Qoraqalpogʻiston Pespublikasi bosqichiga yoʻllanma berildi.
O.XUDOYBEPGANOVA.
(Foto - http://turkistonpress.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶