UYShINDA YoShLAP FESTIVALI BOʻLIB OʻTDI

Tumanimizdagi ovul va mahallalarda Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi va tuman Madaniyat boʻlimi hamkorlikda uyushmagan yoshlarni “Biz buyuk yurt farzandlarimiz”, “Yoshlar kelajak bunyodkorlari” shiorlari ostida birlashtirish maqsadida yoshlar festivali oʻtkazib kelmoqda.
Yaqinda Uyshin mahallasida oʻktazilgan yoshlar festivalida nafaqat shu hududdagi, balki yaqin joylashgan mahallalarda yashaydigan yoshlar ham jamul-jam boʻldilar. Bayramona, rang-barang bayroqchalar va chiroqlar bilan bezatilgan Uyshin Madaniyat va aholi dam olish markazi hovlisida yoshlar uchun katta musiqiy dastur namoyish etildi. Shuningdek, bayram tadbirlarida qoʻshiq-raqslari va boshqa chiqishlari bilan faol qatnashib kelayotgan 47-maktab hamda 75-maktab oʻquvchilariga Yoshlar ittifoqi tuman Kengashining faxriy yorliqlari topshirildi.
Yoshlar qalbida Vatan tuygʻusini mustahkamlash va uyushmagan yoshlarni birlashtirish maqsadida oʻtkazilgan yoshlar festivali barchani xushnud etdi.
Oybek Begimov, tuman Madaniyat boʻlimi xodim.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶