“Yosh innovatsiyachi” koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi
“Faol tadbirkorlik, innovatsion gʻoyalar va texnologiyalarni qoʻllab-quvvatlash yili” Davlat dasturi ijrosini taʼminlash, O‘zLiDePning dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish, innovatsion faoliyatni, eng avvalo, yosh avlodning ijodiy gʻoyalari va ishlanmalarini har tomonlama qoʻllab-quvvatlash hamda ragʻbatlantirish, mazkur sohada istiqbolli yutuqlarni targʻib qilish boʻyicha mutasaddi tashkilotlar tomonidan koʻplab ishlar amalga oshirilmoqda.
1-may kuni tumanimizda ushbu faoliyatda iqtidorli yoshlar ham faol ishtirok etishini taʼminlash uchun ularga qulay shart-sharoitlar yaratish, zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlarini joriy etish va ularni yanada samarali qoʻllashga eʼtiborini jalb etish maqsadida Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - Oʻzbekiston Liberal-demokratik partiyasi , Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligining Kasb-hunar taʼlimi markazi bilan hamkorlikda kasb-hunar kollejlari oʻquvchilari uchun “Yosh innovatsiyachi” stipendiyasi taʼsis etilishi munosabati bilan “Yosh innovatsiyachi” koʻrik-tanlovi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovni oʻtkazishga Investitsiyalar, innovatsiyalar, xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va kichik sanoat zonalari hamda turizmni rivojlantirish masalalari boʻlimi, Savdo-sanoat palatasi tadbirkorlikka koʻmaklashish markazi tuman boʻlimi hamda tuman Qishloq xoʻjaligi boshqarmasi ham jalb qilindi.
Koʻrik-tanlovni Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati OʻzLiDeP Qoraqalpogʻiston Respublikasi Kengashi Yoshlar bilan ishlash boʻlimi mudiri S.Ibragimov oʻz nutqi bilan ochib berdi . Tanlovda 13 nafar kasb- hunar kollejlari oʻquvchilari oʻz loyihalari bilan ishtirok etishdi. Ishlab chiqarish va servis yoʻnalishi boʻyicha Amudaryo xizmat koʻrsatish va servis kasb hunar kolleji 2-bosqich oʻquvchisi Asadbek Sultonov, Ekoturizm yoʻnalishi boʻyicha Akademik litseyning 2-bosqich oʻquvchisi Jamshid Sobirov, qishloq xoʻjaligini rivojlantirish boʻyicha Amudaryo Agrobiznes kasb hunar kollejining 2-bosqich oʻquvchisi Nasiba Yalgʻashevalar koʻrik-tanlovning Qoraqalpogʻiston Respublikasi bosqichiga yoʻllanmalarni qoʻlga kiritdilar.
Bundan tashqari “Eng yosh innovatsion gʻoya muallifi”, “Eng samarali innovatsion loyiha muallifi”, ” Kichik biznes uchun eng istiqbolli innovatsion loyiha muallifi”, “Eng yaxshi innovatsion ishlanma muallifi” nominatsiyalari belgilanib, barcha koʻrik-tanlov ishtirokchilariga OʻzLiDeP ning diplom, faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari taqdim qilindi
Sanjar Nazarov –
Xalq deputatlari OʻzLiDeP tuman
Kengashidagi deputatlik guruhinin ijrochi kotibi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶