ChOYKOʻL OVULIDA TUMAN HOKIMINING SAYYoP QABULI OʻTKAZILDI (FOTO+VIDEO)
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, tuman hokimligiga kelib tushayotgan murojaatlarni tahliliy oʻrganish va ularning mazmun-mohiyatidan kelib chiqib, murojaatlarda koʻrsatilgan muammolarni hal etishga koʻmaklashish maqsadida 2018-yil 12-may kuni tuman hokimi Sultonboy Yoʻldoshev tumanning “Choykoʻl” ovuli va “Bosuv” mahallasi fuqarolari bilan uchrashib, sayyor qabul oʻtkazdi. Uchrashuvda, shuningdek boshqa sektorlar rahbarlari – tuman prokurori, IIB va DSI boshliqlari, tuman hokimi oʻrinbosarlari, masʼul xodimlar, tarkibiy boʻlimlar hamda tashkilotlar va tijorat banklari rahbarlari, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlari raislari, ommaviy axborot vositalari xodimlari ham ishtirok etdilar.

Sayyor qabulda mazkur ovul va mahalla hududida istiqomat qiluvchi fuqarolarning turmush tarzini yanada yaxshilash hamda hududdagi ishbilarmonlik va tadbirkorlik subʼektlari faoliyatiga oid kamchiliklar, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni hal etish yuzasidan sayyor qabulga yozilgan fuqarolar qabul qilindi hamda aniqlangan kamchiliklar, yechimini kutayotgan muammolar atroflicha oʻrganib chiqildi.

Xususan, “Choykoʻl” ovulida istiqomat qiluvchi fuqaro Shukurillo Matkarimov va bir guruh fuqarolarning “Chorvador” aholi punktida maktabgacha taʼlim muassasasi tashkil etish haqidagi, Muqaddas Sapayevaning tomorqa yerlarini oqar suv bilan taʼminlash, koʻchalarga tosh yotqizish, maktabgacha taʼlim muassasasi qurish, Shahnoza Yenaboyevaning 22-sonli maktab guzar yoʻl boʻyiga yaqinligi sababli oʻquvchilar xavfsizligini taʼminlash maqsadida Mangʻit-Qipchoq yoʻlida avtotransport vositalarining yuqori harakatlanish tezligini cheklash haqidagi, shuningdek, fuqarolar Jahongir Nurimbetov va boshqalarning “Yuqori tulugʻa” va “Xalqa yoʻli” atrofidagi aholi punktida yashovchi oilalarning farzandlari 76-sonli maktabga xavfsiz borib-kelishlari uchun piyodalar yoʻlakchasi qurish boʻyicha, Soatboy Madrahimovning “Mangʻit chorva mollari” bozoridan “Bosuv” MFY markazigacha piyodalar yoʻlakchasi qurish boʻyicha takliflari atroflicha oʻrganib chiqilib, tegishli choralar koʻrilishi, imkoni boricha muammolar fuqarolar foydasiga ijobiy hal qilinishi tushuntirildi.

Bundan tashqari, fuqaro Oʻrinboy Bozorboyevning “Bosuv” mahallasida aholi sonining keskin oʻsishi sababli elektr energiyasi taʼminotida uzilishlar boʻlayotgani va ushbu mahalla aholisi uchun yangi transformator oʻrnatish haqidagi, turar joy mavzelari koʻchalariga tosh yotqizish xususidagi murojaatlari nazoratga olinib, murojaat egasiga yaqin kunlar ichida masalaga masʼullar tomonidan maʼlum qilinishi qayd etildi.
Sayyor qabul davomida fuqarolar Gulmirza Arzakov, Davlatboy Qoraboyev, Nargiza Bekmuratova, Saʼdulla Aytakov, Sobir Kamolov, Gulmirza Avezniyozov, Gulasal Kamolova, Gulondon Qurbonova, Arzayim Oʻtegenova, Norjon Xonova, Mehribon Qurbonboyeva, Zarifboy Matnazarov, Jamol Yarimbetov va Saʼdulla Toʻrayevlarning murojaatlari ham tinglandi hamda sayyor qabul orqali murojaat qiluvchilarning ariza va takliflari atroflicha oʻrganib chiqilgandan soʻng, natijalari murojaat egalariga maʼlum qilinishi taʼkidlandi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶