“SOGʻLOMJON - POLVONJON” SPOPT MUSOBAQALAPI – JISMONIY YeTUKLIK MEZONI
Maktabgacha taʼlim muassasalarida bolajonlarni maktab taʼlimiga tayyorlash, ularning jismonan va maʼnan shakllanishida bolalarbop qiziqarli sport oʻyinlari muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois, har yili tuman MTM lari tarbiyalanuvchilari oʻrtasida “Sogʻlomjon - Polvonjon” sport musobaqalari oʻtkaziladi.
Joriy yilning 29-may kuni bolajonlarni diqqatni jamlash, oʻziga ishonch, jismoniy yetuklikka intilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan mazkur sport musobaqalarining xududiy bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan MTMlar jamoalari oʻrtasida tuman birinchiligi musobaqalari boʻlib oʻtdi. Unda xududiy bosqichlarda muvaffaqiyatli ishtirok etgan 7 ta MTM tarbiyalanuvchilaridan iborat jamoalar oʻzaro kuch sinashdilar.
Qiziqarli sport oʻyinlari asosida oʻtgan bahslarda 4-sonli MTM 1-oʻrinni egalladi. 31-sonli MTM bolajonlari 2-oʻrin, 41-sonli MTM bolajonlari esa 3-oʻrin sohibi boʻlishdi.
“Sogʻlomjon - Polvonjon” sport musobaqalarining gʻoliblariga tashkilotchilar tomonidan sovgʻalar berishdi.
Pobiya Yoʻldosheva.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶