Pilla terimi qizgʻin davom etmoqda (+video)
Mamlakatimizda qishloq xoʻjaligining barcha tarmoqlari qatorida pillachilikni rivojlantirishga, sanoat uchun ushbu zarur xomashyoning sifati va hajmini oshirishga alohida eʼtibor qaratilayotgani bugun oʻz samarasini bermoqda. Pillachilik sohasida iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish, respublika pillachilik tarmogʻiga uni modernizatsiyalash va yangi ishlab chiqarishlarni vujudga keltirish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb etish boʻyicha qulay shart-sharoitlar yaratish, jahon bozorida raqobatbardosh tayyor mahsulot hajmini koʻpaytirish va turlarini kengaytirish maqsadida qator hujjatlar qabul qilinib, ular soha rivojida muhim omil boʻlib xizmat qilmoqda.
Prezidentimiz va Hukumati tomonidan pillachilik sohasiga alohida eʼtibor qaratilayotganligi, pilla yetishtiruvchi fermer xoʻjaliklarga ipak qurti parvarishlash uchun zarur boʻlgan moddiy-texnika resurslari hamda jihozlar bilan oʻz vaqtida va toʻliq taʼminlanayotgani yurtimizda pillachilik boʻyicha katta yutuqlarga erishishga zamin yaratmoqda.
Yetti xazinaning biri, deya taʼriflanuvchi ipak qurtini parvarishlab, kunni tunga ulab mehnat qilayotgan pillakorlarimizning mehnatlari har qancha tahsinga loyiq. Ipak qurti boqish, pilla yetishtirish zahmatli ish.
Ular yetishtirgan pilla tumanimizda qayta ishlanadi, oʻnlab yoshlarimiz ish bilan band boʻladi, daromad topadi. Undan tayyorlagan ipak kalavalari xorij davlatlariga eksport qilinib, zahmatli mehnatlar natijasidan dunyoning qaysidir burchagidagi kishilar foydalanadi, buning natijasida davlatimiz byudjetiga mablagʻ kelib tushadi. Umid qilamizki, bu yil pillakorlarimiz qishloq xoʻjaligidagi dastlabki xirmonni yuksak koʻtarib, gʻallakor va paxtakorlarimizga oʻrnak boʻladi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶