AMUDARYoDA TURIZMNI RIVOJLANTIRISh BOʻYIChA QANDAY IShLAR QILINMOQDA?
Xorijiy sayyohlarning kelishini koʻpaytirish uchun ularga qulay sharoit yaratish, koʻrsatiladigan xizmatlar turlarini kengaytirish, shuningdek, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Amudaryo tumanida ham qator ishlar amalga oshirilmoqda. Bu haqda tuman hokimi oʻrinbosari R.Salayev xalq deputatlari tuman Kengashining 47-sessiyasidagi hisobotida aytib oʻtdi.
Jumladan, tumanda 5 ta aholi uylari xatlovdan oʻtkazilib, mehmon uylari sifatida belgilandi hamda mehmonlarni qabul qilishga tayyor holga keltirildi.
Turistlar gavjum boʻladigan hududlarda, jumladan, madaniy meros obʼektlari, bozorlar, kafelar, restoranlar hududidagi sanitariya-gigiyena shaxobchalarini talabga javob beruvchi qayta taʼmirlash yoki buzib qayta qurish boʻyicha ham amaliy ishlar qilinmoqda. Tumanda 6 ta obʼekt, jumladan, Tuman istirohat bogʻi, “Bek” toʻyxonasi, “Afruza” kafesi, “Istiqlol” toʻyxonasi, “Orzu” toʻyxonasi hamda “Chilpiq” madaniy yodgorligi hududida sanitar-gigiyenik shahobchalarini taʼmirlash va qayta qurish boʻyicha tuman Sanitariya-epidemiologiya markazi bilan birgalikda ishlar olib borilmoqda.
“Oʻzbekiston boʻylab sayyohat qil” dasturi doirasida tuman aholisining boshqa tuman va shaharlar, tarixiy obidalar, muqaddas qadamjolar, muzeylarga tashrifini tashkil etish maqsadida tumandagi idora va tashkilotlar, mahallalar hamda maktab oʻquvchilaridan iborat jami 7 ming nafarga yaqin fuqarolarning Oʻzbekistonning turli hududlariga sayohati tashkil etildi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶