Ulkan xirmonga munosib hissamiz
Amudaryo tumani iqtisodiy salohiyati bağoyat kuçli, yaratuvçanlik, bunyodkorlik imkoniyatlari nihoyatda keng tuman sifatida respublikamizda taniqlidir. Ayniqsa amudaryolik usta paxtakorlar har yili zalvorli "oq oltin” xirmonini yaratişlari bilan köpçilikni hayratga solib kelmoqda. Qisqa muddatda, yaʼni, sentyabr oyi içidayoq paxta tayyorlaş böyiça yillik şartnomaviy rejani ortiği bilan bajariş hazilakam gap emas. Bu albatta amudaryolik paxtakorlarning benihoya işçanligi, mehnatsevarligi, öz kasbining mohir ustalari, fidoyilari bölganligi tufayli qölga kiritilayotgan zafarli yutuqlar, ulkan muvaffaqiyatlardir.
Yana mening amudaryoliklarga qoyil qoladiganim ularning yuksak odamiyligi, nihoyatda oliyjanobligi va mehmondöstligi, ğoyat bağrikengligidir. Buni tumanning qaysi xonadoniga, qaysi göşasiga bormang, dildan çuqur his qilasiz.
Mana sönggi ön uç yildan buyon amudaryoliklar bilan bizning Ajiniyoz nomidagi NDPI professor-öqituvçilar va talabalar jamoasi özaro hamkorlik qilib kelmoqda. Hamkorlik qamrovi keng bölib taʼlim-tarbiya sohasidagi tajriba almaşuvlar taʼlim jarayonlaridagi yangi pedagogik texnologiyalar, taʼlim jarayonlarida zamonaviy axborot telekommunikatsiya texnologiyalari yangiliklarini, yutuqlarni tatbiq etiş borasidagi pedagogik uslubiy tajribalar olib boriş, qöllaniş izçilligini, muntazamligini va davomiyligini taʼminlaş taʼlim-tarbiya sohasidagi hamkorligimizning asosini va mazmun-mohiyatini taşkil etadi. Bunga yorqin misol sifatida Manğit şahrida joylaşgan bizning homiyligimizdagi 3-sonli Amudaryo akademik litseyning öqituvçi pedagoglar va öquvçilar jamoasi bilan bizning yaqin hamkorligimizni körsatişimiz mumkin. Mazkur akademik litsey intellektual salohiyatining yildan-yilga bosqiçma-bosqiç oşib borayotganligi, taʼlim-tarbiya borasida boy tajribalar töplanayotganligi va soha böyiça quvonarli yutuqlar qölga kiritilayotganligi mana şu hamkorliklarimizning eng yaxşi samaralari, eng ulkan muvaffaqiyatlarimizdir. Mana şunday samara, mana şunday muvaffaqiyatlar natijasida öquvçilar kelgusida bilimdon va malakali kadrlar bölib maydonga çiqadi. Bunday kadrlar elimizning yanada yuksak taraqqiy etişi uçun, yanada gullab yaşnaşi uçun juda zarurdir.
Endi hamkorlikning amaliy özaro yordam jihatlariga töxtaladigan bölsak, oliy taʼlim dargohimizdagi talabalar – navqiron yoşlar juda katta bunyodkor jismoniy kuç hisoblandi. Talabalar bizda beş ming nafarga yaqin bölib, ularning tört ming nafardan ortiği ayni kunda amudaryolik paxtakorlar bilan yonma-yon turib paxta yiğim-terim işlarida yaqindan yordam berişmoqda. Ularning şu kunga qadar tergan "oq oltin” durdonalari 5 ming tonnadan oşib ketdi. Bu bilan talabalarimiz va professor-öqituvçilarimiz amudaryolik paxtakorlar erişgan bugungi ulkan mehnat ğalabalariga özlarining munosib hissalarini qöşdilar.
Talabalarimiz tumanda faoliyat körsatayotgan 261 ta fermer xöjaliklarining deyarli barçasidagi yiğim-terim işlarida faol qatnaşmoqdalar. Ayniqsa institutimizning fizika-matematika, tabiatşunoslik, özbek tili va adabiyoti, boşlanğiç taʼlim, tarix fakultetlari professor-öqituvçilari hamda talabalari paxta yiğim-terimida peşqadamlik körsatib, terim surʼatining oşirilişiga özlarning munosib hissalarini qöşmoqdalar. Mavjud 9 ta fakultet içida va fakultetlararo özaro musobaqalar taşkil etganligimiz ham özining yaxşi samarasini berib, "oq oltin” xirmonlarining kun sayin yuksalişini taʼminlamoqda. 20-sentyabr kuni, dastlabki ön kunlik yakuni böyiça "Tölqin” ovulidagi Rufat Ahmedov boşqarayotgan "Ahmad göja” fermer xöjaligi paxtazorlarida mavjud 9 ta fakultetning eng ilğor terimçi talabalari va professor-öqituvçilari kun böyi özaro musobaqalaşib, eng peşqadam epçil terimçi talabalar va professor öqituvçilar aniqlandi. Musobaqa natijasiga köra professor-öqituvçilar orasida intitutning botanika kafedrasi öqituvçisi Karimboy Eşçonov 168 kilogramm paxta terib faxrli 1-örinni egallab ğolib böldi va qimmatbaho sovğalar bilan mukofotlandi.
Şunday qilib, paxta yiğim-terimining ayni dolzarb davrida professor-öqituvçilarimiz va talabalarimiz amudaryoliklarning navbatdagi yuksak marrasi – 43 ming tonnalik sarbaland "oq oltin” xirmonini bunyod etişda yaqindan yordam beriş uçun har bir soat, terim surʼatiga baraka kiritmoqdalar.
Fursatdan foydalanib, barça paxtakorlarimizni dastlabki yuksak xirmon va 1-oktyabr – öqituvçi va murabbiylar kuni – umumxalq bayrami bilan qizğin tabriklab, ularga sihat-salomatlik va maşaqqatli işlarida muvaffaqiyatlar tilayman.
Quvondiq Qodirov,

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶