YoShLAP BILAN UChPAShUV OʻTKAZILDI
Yoshlar ittifoqi yoshlarning ijtimoiy hayotdagi faolligini yanada oshirishda, oʻz maqsadlariga yetishishlarida toʻgʻri yoʻl koʻrsatib tayanch va maslakdosh boʻlib kelmoqda. Bu borada ittifoq tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar yoshlarni bir maqsad yoʻlida jipslashtirib, ulardagi vatanparvarlik, burchga sodiqlik kabi tuygʻularni yanada mustahkamlamoqda.
Ittifoqning tuman Kengashi ham yoshlar oʻrtasida turli targʻibot-tashviqot tadbirlari, tanlovlar tashkil etib, ularning hayotiga chuqur kirib bormoqda. Tashkilot tomonidan bu boʻyicha olib borilgan ishlar va yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Oʻzbekiston Pespublikasi Yoshlar ittifoqi Markaziy Kengashi raisining maʼnaviy-maʼrifiy, ijtimoiy-siyosiy masalalar boʻyicha oʻrinbosari Dilnoza Kattaxanova tumanimizga tashrif buyurdi.
Tashrif munosabati bilan 65-sonli maktabda uchrashuv kechasi oʻtkazildi. Uchrashuvda yoshlar yetakchilari va sardorlar bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Soʻngra qoʻgʻirchoq teatri tomoshalari va yoshlar ijrosidagi musiqiy dastur namoyish etildi.
Uchrashuv barchada katta taassurot qoldirdi.
Javlonbek Yoʻldashev,
Yoshlar ittifoqi tuman Kengashi
Press klub yetakchisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶