UYShINDA “QUShLAP SAYLI” TADBIPI OʻTKAZILDI
Yaqinda tuman Madaniyat boʻlimiga qarashli “Uyshin” madaniyat va aholi dam markazida “Qushlar sayli” deb nomlangan adabiy musiqiy tadbir oʻtkazildi.
Ovul aholisining, ayniqsa yozgi taʼtilda maroqli dam olayotgan oʻquvchi yoshlarning vaqtini mazmunli oʻtkazish, ularda tabiatga, xususan, hududimizda yashaydigan turli qushlarga mehr uygʻotish, qushlar hayoti haqida koʻplab maʼlumotlar yetkazish maqsadida tashkillashtirilgan tadbirga tashrif buyuruvchilar tomoshalar zalida markaz toʻgaraklari aʼzolari tomonidan 50 dan ortiq qushlarning qogʻozga chizilgan, matoga toʻqilgan rasmlari bilan tanishdilar.
Ona tabiatimizni, uning ajralmas boʻlagi boʻlgan qushlarni asrab-avaylashga, kelgusi avlodlarga meros qilib qoldirishga chorlovchi kuy-qoʻshiqlar yigʻilganlarni oʻziga jalb etdi.
Mavluda Madreimova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶