Maqsad – hududni toza saqlash
9-iyun kuni Amudaryo tumanidagi “Qipchoq” shaharchasi hududida joylashgan 21-sonli bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida Oʻzbekiston Pespublikasi Prezidentining 2018-yil 18-maydagi “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-3680-sonli qarori targʻibotiga bagʻishlangan davra suhbati boʻlib, unda Amudaryo tumani adliya boʻlimi boshligʻi M. Matyusupov, “Qipchoq” shaharcha fuqarolar yigʻini masʼul xodimlari va shaharcha aholisi vakillari ishtirok etdilar.
Davra suhbatida “Qipchoq” shaharcha fuqarolar yigʻini raisi N. Xolboyev va tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M. Matyusupovlar soʻzga chiqishib, Prezidentimizning ushbu qarorida maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida belgilab berilgan vazifalar haqida tushunchalar berdilar.
Davra suhbatida soʻzga chiqqan fuqarolar Prezidentimizning “Maishiy chiqindilar bilan bogʻliq ishlarni amalga oshirish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori shu kunning dolzarb masalalari yuzasidan qabul qilingan muhim hujjat ekanligini taʼkidladilar va shaharcha aholisining hududni toza saqlash yoʻlida faol harakat boshlaganini maʼlum qildilar.
Davra suhbati yakunida tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M. Matyusupov ishtirokchilar savollariga javoblar berdi.
A. Jumaniyozov.
Foto: adolat.uz

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶