AYoL MAKRI
Ayol! Dunyodagi jami ezguliklar va eng gözal sifatlar timsoli u. Bu söz
jaranglagan damda har birimizning köz öngimizda faqat bolam, deb yaşaydigan
onajonimiz gavdalanadi. Biroq afsuski, hamma ayollarga ham bu öxşatişimiz töğri
kelavermasligini hayot körsatmoqda. Afsuski…
Gulnora Yeşimbetova (ism-familiyasi özgartirildi) ham şundaylarning biri. U
hayotda halol yaşab, bolalarini voyaga yetkazib, töğrisöz, el xizmatiga kamarbasta
qilib tarbiyalaş örniga… qinğir yölni tanladi.
U 2011
yilning 11-apreldan 22-may kuniga qadar Manğit şahrida va "Tölqin” ovulida
istiqomat qiluvçi 24 nafar fuqaroni Rossiya davlatining Astraxan viloyati,
Aktubinsk tumanida 450 gektarlik fermer
xöjaligim bor, şu yerda dehqonçilik qilsangizlar, har biringizga 200 AQŞ
dollari, pişiqçilik davrida esa 300 AQŞ dollaridan maoş beraman, deb öğli Oybek
yordamida "Gazel” avtomaşinasida olib ketib, har birini Pavel ismli koreys
yigitga 11 000 Rossiya rubliga sotib yuborgan.
Gulnora
Yeşimbetova ularni dala işiga olib çiqib, tez-tez xabar olib turişga vaʼda
bergan va röyxatga qöyaman, deb aldab, fuqarolik pasportlarini yiğib olib qöygan
va Pavelning qöli ostida işlaşini aytgan. Aldanganini bilmay bir oy mehnat
qilgan 24 nafar yurtdoşimiz tergov davrida şaxsini aniqlaş imkoni bölmagan Pavel
ismli yigitdan maoşlarini söraganida u har biriga bir oylik maoşi uçun
Gulnoraga 11 000 Rossiya Federatsiyasi rubli miqdorida haq va yöl haqlarini
oldindan tölaganini aytgan. Özlari mehnat qilayotgan dalalar Gulnoraniki emas,
balki Volodyaniki ekanligini bilgaç, aldanganini anglaşgan.
Tekin ovqat tomoq yirtadi, deyişadi. Öz hamyurtlarini özga yurtlarga olib
ketib, bir oylik haqini oldindan yiğib olib çöntagiga urgani yetmaganday,
ota-onalari söraşayapti, deb ikkinçi oyligiga ham ega çiqmoqçi bölgan. Gulnora
Yeşimbetova qinğir işlari uçun qonun oldida javob berişiga töğri keldi. Axir heç
bir jinoyat jazosiz qolmaydida.
P.DOŞMURATOV,
jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶