“IBRATLI OILA” KOʻRIK-TANLOVINING TUMAN BOSQIChI BOʻLIB OʻTDI.
Shu yilning 21-iyunida tuman Madaniyat boʻlimi tomoshalar zalida oila institutini mustahkamlash, “Sogʻlom oila – sogʻlom jamiyat” kontseptual gʻoyasini hayotga tatbiq etishga yoʻnaltirilgan yagona davlat siyosatini olib borish, oilaning reproduktiv salomatligi va demografik rivojlanishi, uning farovonligi va xotirjamligini oshirish, oilaning ichki munosabatlari, yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilaviy ajrimlarning oldini olish, umuminsoniy va milliy oilaviy qadryatlarni, er-xotin, ota-ona va farzandlar oʻrtasidagi munosabatlarni yaxshilash, mamlakatimizda oilalarning ijtimoiy-iqtisodiy va huquqiy manfaatlarini himoya qilish, “bir bolaga yetti qoʻshni ham ota, ham ona” degan insonparvar tamoilni oilalarning turmush tarziga chuqur singdirish, oila qurish arafasidagi yigit-qizlarda oilani muqaddas bilish tuygʻusini, oila va farzand tarbiyasiga masʼuliyatini oshirish maqsadida oʻtkazilgan “Ibratli oila” respublika koʻrik-tanlovining tuman bosqichi oʻtkazildi.
Koʻrik-tanlovda mahalla va hududlar bosqichlarida gʻolib boʻlgan 6 ta oila 4 ta shart boʻyicha bellashdilar.
Mazkur bosqichda Xolimbeg ovulidan Ziyodboy Tangirberganov va Xonimjon Oʻrozboyevalar, Yangiobod mahallasidan Maxsud Jumanov va Ziyoda Xalillayevalar, Toʻlqin ovulidan Shukurullo Eshchonov va Robigʻa Boboniyozovalar, Namuna mahallasidan Shukurboy Oyimbetov va Raya Soliyevalar, Gulzor mahallasidan Abdulla Xoʻjametov va Sarabibi Ollanazarovalar, Daryoboʻyi mahallasidan Poʻlat Qurboniyozov va Gulposhsha Yerdashevalar oilalari ishtirok etdilar.
Dastlab ishchi guruh aʼzolari tanlov ishtirokchilariga qoʻyilgan talablar asosida joyiga chiqib, oʻrganib, qanday baholar bilan baholashganini eʼlon qilishdi.
Ikkinchi shartda esa “Bu mening oilam” mavzusida har bir oila oʻz oilasi hayotini aks ettiruvchi videorolik namoyish etdilar. “Oila – muqaddas qoʻrgʻon” mavzusidagi viktorina savollariga berilgan javoblar, “Oila mustahkamligi – yurt tinchligi” mavzusidagi sahna koʻrinishni haqqoniy baholab bergan hakamlar hayʼati Tangirberganov Ziyodboy va Xonimjon Oʻrozboyevalar oilasini gʻolib deb topdilar. Abdulla Xoʻjametov va Sarabibi Ollanazarovalar oilasi ikkinchi, Poʻlat Qurboniyozov va Gulposhsha Yerdashevalar uchunchi oʻrinlarni egalladilar.
Koʻrik-tanlov gʻolibi boʻlgan oila navbatdagi – Respublika bosqichida qatnashish huquqini qoʻlga kiritdi.
O. Rajabova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶