Fuqarolar yigʻinlarida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha oʻquv-seminar boʻldi
Mamlakatimizda oʻzini-oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish orqali fuqarolar bilan ishlash tizimi yanada takomillashtirilmoqda. Shu bois bugungi kunda fuqarolar yigʻinlari aholiga eng yaqin va xalqchil tuzilmaga aylanib bormoqda.
26-iyun kuni tuman hokimligida fuqarolar yigʻinlari masʼullari hamda xotin-qizlar qoʻmitasining xotin-qizlar bilan ishlash va oilalarda maʼnaviy-axloqiy qadriyatlar boʻyicha mutaxassislar uchun “Mahallalarda aholi oʻrtasida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish tartibi” mavzusida oʻquv-seminar oʻtkazildi. Oʻquv-seminarda tuman hokimi oʻrinbosari M.Ahmedova, oʻzini oʻzi boshqarish organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha tuman Kengashi raisi A.Qoʻshayev, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi rahbari M.Safarboyev, “Yusuf eshon bobo” jomeʼ masjidi imom xatibi A.Matsapoyevlar ishtirok etdi.
Seminarda M.Ahmedova, A.Qoʻshayev, A.Matsapoyevlarning tegishli mavzudagi maʼruzalari hamda M.Safarboyevning “Fuqarolar ongida yurtga sodiqlik, madaniy merosimizga hurmat tuygʻularini yanada kuchaytirish, yoshlarni milliy umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalash” mavzusidagi maʼruzasi tinglandi.
Oʻquv-seminarda fuqarolar yigʻinlari masʼullariga maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlarni oʻtkazish boʻyicha tegishli vazifalar ham topshirildi.
O.Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶