Bundan fuqarolar yigʻinlari xodimlarining kasbiy va boshqaruv malakalarini yanada oshirish, fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlariga tizimli metodik yordamni tashkil etish maqsad qilingan.
Fuqarolarning oʻzini oʻzi boshqarish organlari xodimlarining malakasini oshirish boʻyicha oʻquv kurslari Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzurida, davlat taʼlim muassasasi shaklida tashkil etiladi.
Oʻquv kurslariga Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashining raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlari tomonidan lavozimga tayinlanadigan va ozod qilinadigan direktor rahbarlik qiladi.
Oʻquv kurslari yuridik shaxs hisoblanadi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjetining mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan moliyalashtiriladi.
Oʻquv kurslarida fuqarolar yigʻinlari raislari, fuqarolar yigʻinlarining diniy maʼrifat va maʼnaviy-axloqiy tarbiya masalalari boʻyicha maslahatchilari, fuqarolar yigʻinlarining masʼul kotiblari va «Mahalla posboni» jamoatchilik tuzilmalarining rahbarlari (tinglovchilar) malaka oshiradilar.
Malaka oshirish uchun Oʻquv kurslariga yuborilgan boshqa shaharlik tinglovchilarga toʻlanadigan sutkalik pul va taʼlim olish joyiga bir marta borib kelish boʻyicha sarflangan xarajatlar ularni yuborayotgan tomon hisobidan respublika doirasida xizmat safarlari uchun oʻrnatilgan tartib va miqdorlarda qoplanadi.
(Manba: http://uz24.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶