Nogironligi boʻlgan yoshlar holidan xabar olindi
“Yoshlar kuni” bayrami arafasida yoshlar ittifoqi tuman Kengashi tomonidan tuman “Nogironlar jamiyati” bilan hamkorlkda mehr-muruvvatga muhtoj, imkoniyati cheklangan yurtdoshlarimizga moddiy va maʼnaviy yordam koʻrsatildi.
Mehr-muruvvatga muhtoj kishilar holidan xabar olinib, “Uyushin” mahallasida yashovchi, 2005-yilda tugʻilgan Bahromboy Jumaboyevga hamda “Boy ovul” mahallasida yashovchi, 2006-yilda tugʻilgan Sarvinoz Ochilboyevalarga nogironlar aravachasi berildi.
Bir ogʻiz shirin soʻz insonning nafaqat koʻnglini koʻtaradi, balki uning qalbida hayotdan rozilik tuygʻusini uygʻotadi. Tuman “Nogironlar jamiyati” va yoshlar ittifoqi tuman Kengashi faollarining tashrifidan koʻngli togʻday yuksalgan yoshlar oʻziga va oilasiga davlat hamda mahalladoshlari koʻrsatayotgan eʼtibordan mamnun boʻlishdi.
Pobiya YOʻLDOShEVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶