28.09.2026
Til Oʻz Qq Yozuv Кирилл Lotin
Reklama banneri
Harf oʻlchami Rang Rasmlar
28.09.2026, 14:34
Salomatlik 👁 1,715

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

26-iyun — Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni

Ota-ona uchun farzandining giyohvand boʻlib qolganini bilib qolishi juda ogʻir musibatdir!

Shunda ota-ona oʻz bolasining bu yoʻldan chiqib ketishi uchun judayam koʻp saʼy harakatlar qilishga urinadi. Bu harakatlar har doim ham naf berarmikan? Chunki giyohvandlik yoʻliga kirib qolgan insonlar – bemor hisoblanadi.

Kasal boʻlgandan koʻra uning oldini olgan maʼqul. Giyohvandlikning oldini olishda eng avvalo farzand tarbiyasi katta ahamiyatga egadir.

Bola tugʻilishi bilan uni darhol oʻz onasining bagʻriga qoʻyilishi bejiz emas. Shu paytdan bola bilan ona orasidagi mehr tuygʻulari shakllanishni boshlaydi. Bolaga chaqaloqlik davridan boshlab katta odam bilan gaplashgandek murojaat qilish kerak.

Bolalar tarbiyasida ular bilan suhbatlashish, hamma savollariga javob berish, ruhan quvvatlab turish kerak. Koʻpincha ishdan kelgan ota-onalar, bola bilan muloqot qilishni xohlamaydi. Bola esa kuni bilan ota-onasini kutib, boʻlgan voqealarni gapirib bergisi hamda ruhan quvvatlanishni xohlaydi. Agar ota-onalar bolaga vaqt ajratmasalar, unda bola koʻchadagi odamlardan ruhiy tayanch qidiradi.

Ana shu paytda giyohvandlarning qoʻliga tushib qolmasligiga kim kafolat beradi? Oʻz bolasiga vaqt ajratmagan ota-onalar, agar bola giyohvandlik yoʻliga kirib qolsa, butun vaqtini umrining oxirigacha shu bolaga ajratadi, lekin unda kech boʻladi.

Oʻsmirlik davrida bolalar katta eʼtibor talab qiladi. Ota-onaning mehriga, suhbatiga, maslahatlariga muhtoj boʻladi. Oʻz farzandini kamsitmasdan, u bilan doʻstlashib, muammolari yechilishiga koʻmakdosh boʻlishi talab etiladi.

Bolaning hech qachon boʻsh vaqti boʻlmasin, har bir daqiqaning qadrliligini uning ongiga singdirib borish kerak. Farzand mehnatkash boʻlishi uchun uni har-xil yumushlar bilan band qilish va albatta, sport mashgʻulotlariga jalb qilish kerak. Shunda undan omadli, sogʻlom fikrlaydigan, yetuk inson shakllanadi.

Farzand tarbiyasida meʼyor degan fikr ham shakllanib borishi kerak. Yaʼni, farzandining har bir istagini darhol bajarish ham, judayam erkalatib yuborish ham notoʻgʻridir. Giyohvandlik bilan shugʻullanuvchi insonlar, ayniqsa, shunaqa erkatoy farzandlarning ketidan «ov»ga tushishadi. Qarmoqqa tushgan bola esa xonadonining barakasini uchiradi.

Farzand tarbiyasida ota-bobolarining yutuqlari haqida gapirib berish, davomchi sifatida oʻrnak boʻlishi kerakligini ongiga singdirish ham katta ahamiyatga egadir. Hech kim oʻz-oʻzidan giyohvandga aylanib qolmaydi.

Inson baxtli boʻlishi uchun eng avvalo, bilimga intilishi, mehnatkash boʻlishi, harakat qilishi hamda oʻz orzulariga yetishishiga ishonishi kerak!

Oʻzi sevgan ishida ishlashi, oʻzi xohlagan oilasini yaratishi kerak.

Baxt - bu baxtsizlikni yengishdir!

Jumaboy YaVQAShEV,

tuman koʻp tarmoqli markaziy poliklinikasining

Salomatlik boʻlimi mudiri.

🎬 Videogalereya Barchasi →
Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi ▶ Informatika oʻqituvchilari uchun kibarxavfsizlik boʻyicha amaliy seminar oʻtkazildi 26.09.2026 Bilim va imkoniyatlar maskani ▶ Bilim va imkoniyatlar maskani 24.09.2026 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi ▶ 14 nafar mahkum jazoni oʻtashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilindi 24.09.2026 Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi ▶ Yuqumli kasalliklarga qarshi emlash boʻyicha koʻrgazmali seminar oʻtkazildi 24.09.2026 Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi ▶ Texnikumda Oʻzbekiston Agrosanoat majmui xodimlari kasaba uyushmasi tashabbusi bilan yigʻilish oʻtkazildi 23.09.2026 Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi ▶ Oʻquvchilar oʻrtasida sogʻlom turmush tarzi targʻib qilindi 23.09.2026 Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi ▶ Bobur nomli ovulda 54 oila imtiyozli kredit evaziga oʻz ishini boshladi 23.09.2026 Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi ▶ Amudaryo nuroniylari yoshlar tarbiyasi boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi 22.09.2026 Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi ▶ Qoraqalpogʻistonda 8 oyda 13,2 milliard soʻmlik noqonuniy elektr isteʼmoli aniqlandi 22.09.2026 Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi ▶ Deputatlar Amudaryo tumanida tibbiyot, ijtimoiy himoya va taʼlim sohalarini oʻrgandi 22.09.2026 Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda ▶ Suv taʼminoti inshootlari kuz-qish mavsumiga tayyorlanmoqda 21.09.2026 Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi ▶ Xayriya tadbiri doirasida ehtiyojmand oilalar va nuroniylar holidan xabar olindi 21.09.2026 Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryo tumanida qishloq xoʻjaligi boʻyicha respublika seminari boʻlib oʻtdi 21.09.2026 Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan ▶ Daryo boʻyi mahallasida ijtimoiy himoya ishlari manzilli yoʻlga qoʻyilgan 21.09.2026 Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda ▶ Chekka hududlar aholisi ham toza ichimlik suvi bilan taʼminlanmoqda 17.09.2026 Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar ▶ Sinfdoshlar 60-yildan keyin yana maktab binosida diydorlashdilar 15.09.2026 “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi ▶ “Birlashib, buyuk tarix yaratamiz” shiori ostida “Maʼrifat karvoni” loyihasi doirasida madaniy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi 14.09.2026 Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi ▶ Ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalarning muammolari manzilli oʻrganildi 11.09.2026 Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi ▶ Amudaryoda tadbirkorlar bilan ochiq muloqot boʻlib oʻtdi 10.09.2026 Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita ▶ Sovitgichli omborlar – bozorlarda narx barqarorligini saqlashda muhim vosita 10.09.2026 Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari ▶ Sahna orqali fikrlashuv: muhokama markazida – ayol huquqlari 09.09.2026 Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda ▶ Oilaviy zoʻravonlikka qarshi mutaxassislar salohiyati oshirilmoqda 09.09.2026 Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot ▶ Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengashining navbatdagi 24-sessiyasi haqida axborot 08.09.2026 Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi ▶ Maktab oʻquvchilari uchun yoʻl xavfsizligi saboqlari oʻtkazildi 08.09.2026 Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi ▶ Nukusda yuk tashuvchi haydovchilar bilan targʻibot tadbirlari oʻtkazildi 08.09.2026 Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi ▶ Yangi kitoblar taqdimoti va ijodiy muloqot: Axborot-kutubxona markazida ijodkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi 08.09.2026 Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda ▶ Mahalliy byudjet ijrosi: daromad, yer va mol-mulk soliqlarida barqaror oʻsish kuzatilmoqda 05.09.2026 Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi ▶ Bobur nomli ovuldagi koʻp tarmoqli fermer xoʻjaligi 04.09.2026 Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi ▶ Oʻyinga asoslangan taʼlim: pedagogik innovatsiyalar va didaktik oʻyinlar festivali yuqori saviyada oʻtkazildi 03.09.2026 Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi ▶ Amudaryoda qutqaruv qismining yangi binosi foydalanishga topshirildi 02.09.2026