YoŞ OILALAR TENNIS MUSOBAQALARIDA IŞTIROK ETDILAR
Bugungi kunda mahallalar örtasida turli sport musobaqalarini ötkaziş anʼanaga aylangan. Aholini soğlom turmuş tarziga rioya qilişga örgatiş, jismonan soğlomlikka erişişda sportning ahamiyatini tuşuntiriş maqsadida ötkazib kelinayotgan sport musobaqalarida iştirok etişga qiziquvçilar ham oşib bormoqda.
Tuman Sport maktabida sportning stol tennisi turi böyiça “Mahallamiz stol tennisçilari” şiori ostida ötkazilgan musobaqada yoş oilalar va 13-14 yoşdagi sportçilar iştirok etdilar. Nihoyatda qizğin bölib ötgan musobaqada yoş sportçilar va yoş oilalar aʼzolari çaqqonliklarini, abjirliklarini körsatdilar.
Barça raqiblarni ortda qoldirişga erişgan tezkor tennisçi yoşlardan Navoiy nomidagi mahalladan Xurşida Qöçqorova qizlar örtasida, öğil bolalar örtasida esa “Boyovul” mahallasidan Dostonbek Jumanazarov 1-örinni qölga kiritdilar. Yoş oilalar örtasida ötkazilgan musobaqada esa “Farovon” mahallasida yaşovçi Otaxonovlar oilasi ğolib böldi.
Musobaqaning Nukus şahrida ötkaziladigan final bosqiçiga yöllanma olgan ğoliblarga tuman Sport maktabi va özini özi boşqariş organlari tuman Kengaşi, “Mahalla” jamoat fondi tuman bölinmasi xodimlari diplom va esdalik sovğalarini topşirdi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶