Kamqonlikning oldini oliş öz qölimizda
Turli xil sabablarga köra qondagi gemoglobin miqdorining meʼyordan kamayib ketişi kamqonlik deyiladi. Özbekiston şaroitida temir tanqislik kamqonligi eng köp uçraydigan kasallik bölib, tuğruq yoşidagi ayollar va yoş bolalar orasida keng tarqalgan. Sababi ösiş va rivojlaniş natijasida temirga bölgan ehtiyoj homilador ayol, bolalar va ösmirlarda yuqori böladi.
Kamqonlikning kelib çiqiş sabablari
Kasallikning kelib çiqiş sabablari bir neçta omillarga boğliq bölib, unga har xil tasodifiy holatlarda köp qon yöqotiş, oşqozon-içak yarasidan qon ketiş, ayollarda tuğruq oraliğining qisqaligi, xayz tsiklining turli xil buzilişlari va qon kasalliklari kiradi.
Qonda temir tanqisligi
Temir qondagi gemoglobinning tarkibiy qismiga kiradi. Gemoglobin kislorodni öpkadan olib, tananing butun aʼzo, töqima va hujayralariga yetkazadi, qisqa qilib aytganda, gemoglobin yordamida organizm nafas oladi. Kislorod organizmning yoqilği manbaidir. Gemoglobinning kamayişi bilan organizmning kislorod bilan taʼminlanişi kamayadi. Natijada hujayralarning faoliyati susayadi. Bundan esa organizmning barça aʼzo va töqimalari aziyat çekadi, ularning faoliyatlari sustlaşadi, jumladan organizmning immuniteti pasayib, turli xil kasalliklarga çalinuvçanligi oşadi. Odam özini lanj, holsiz sezadi. Kattalarning aqliy va jismoniy mehnatga bölgan layoqati pasayadi.
Kamqonlikning belgilari
Kasallikning dastlabki davrida heç qanday belgilar bölmasligi mumkin. Keyinçalik tez çarçaş, quvvatsizlik, xansiraş, boş aylanişi kuzatiladi va kesak, böp, kömir, xom xamir, xom makaron, şama va şunga öxşaş narsalarni isteʼmol qiliş kabi ğayritabiiy istaklarning paydo bölişi, kerosin, benzin, böyoq, atseton, tuproq va yangi poyabzal va şular kabi narsalarning hidlarini yoqtiriş, tirnoqning mört, sinadigan, ğadir-budir bölib qolişi, quyuq luqmani yutişning qiyinlaşişi (tamoqda tiqilişi) va har bir quyuq luqmani suv bilan yutiş zarurati bilan namoyon böladi.
Boş miya kislorodni köp isteʼmol qiladigan va kislorod yetişmovçilikka öta sezgir aʼzo hisoblanadi. Boş oğriği, boş aylanişi, xotiraning pasayişi, holsizlanişanemiyaning dastlabki belgilari bölib, bu holatlar bola va ösmirlarda öqiş jarayonlariga salbiy taʼsir körsatadi hamda aqliy faoliyatining susayişiga olib keladi.
Temir tanqisligining sabablari
Organizmda temir yetişmasligi quyidagi holatlarda kelib çiqişi mumkin:
- ovqat tarkibida temir moddasining kamligi va ovqatlaniş çoğida qora çoy, sut, qahva içiş;
- içaklarda temir sörilişining buzilişi va gijjalar bilan zararlaniş;
- bavosil (gemorroy) va oşqozon- içak yaralari bilan kasallaniş;
- ketma-ket homilador böliş va tuğruq oraliğining 2-3-yildan kamligi.
Kamqonlikka kimlar moyil böladi?
- çala tuğilgan bolalar;
- ona suti bilan kam oziqlangan bolalar;
- jadal ösiş davridagi ösmirlar;
- homilador ayollar;
- qariyalar (yaxşi ovqatlanmaslik va surunkali kasalliklar hisobiga);
- vegeterianlar;
- temir moddasini kam isteʼmol qiluvçi odamlar;
- baʼzi bir dori vositalarini (böğim kasalligida işlatiladigan vositalar hamda aspirin) isteʼmol qiluvçilar.
Temir tanqisligining oldini oliş uçun:
- temirga boy, oziq-ovqatlar bilan ovqatlaniş va ularni ovqat ratsionida töğri taqsimlaştiriş;
- sunʼiy ovqatlanuvçi bolalarga temirga boy ozuqalarni beriş;
- taomlarni yaşil sabzavot va kökatlar bilan isteʼmol qiliş;
- tarkibida kofeyn saqlagan moddalardan (çoy, kofe, koka-kola) özni tiyiş (ovqat bilan isteʼmol qilganda temir sörilişini kamaytirgani uçun ularni ovqatdan kamida bir soat keyin içiş) lozim.
Qisqa qilib aytganda, kamqonlikning oldini oliş qiyin emas. Oilada soğlom turmuş tarzini qaror toptirsak, farzandlarimizga, özimizga eʼtiborli bölsak, kamqonlik kasalligiga örin qolmaydi.
Uluğbek YaVQAŞEV,
ToşPTI Nukus filiali "Davolaş işi” fakulteti 6-kurs talabasi.
(Foto: http://uzssgzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶