TURNIRDA AMUDARYoLIK TAEKVONDOChILAR FAXRLI OʻRINLARNI QOʻLGA KIRITDILAR
Sportning taekvondo WTF turi ham yoshlar oʻrtasida tobora ommalashib bormoqda. Tuman sport maktabida sportning bu turi bilan shugʻullanayotgan yoshlar koʻpchilikni tashkil qiladi.
Nukus shahrida oʻgʻil bolalar va qizlar oʻrtasida taekvondo WTF sport turi boʻyicha oʻtkazilgan tanlov turnirida amudaryolik yosh taekvondochilar ham ishtirok etdilar. Tumanimiz sportchilari musobaqa maydonida murabbiy Oybek Abdullayevdan oʻrgangan usullarni mahorat bilan qoʻlladilar.
Epchilligini koʻrsatib, raqiblaridan ustun kelishga muvaffaq boʻlgan amudaryolik taekvondochilardan Temur Rahimboyev 32 kg. vazn, Ixlos Yusupov 22 kg. vazn, Rustam Jumaniyozov 30 kg. vazn toifalari boʻyicha 2-oʻrin gʻolibligiga ega boʻldilar. Shuningdek, Javohir Madaminov 34 kg. vazn, Akmal Xolmurodov 34 kg. vazn, qizlardan Gulbonu Oʻrinboyeva 28 kg. vazn toifalari boʻyicha 3-oʻringa munosib deb topildilar.
Amudaryolik taekvondochilar turnir musobaqalarining faxrli oʻrinlari gʻolibi boʻlib qaytdilar.
Hamida Rajabova, tuman Sport maktabining
tennis boʻyicha katta murabbiysi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶