Kommunal xizmatlar tölovi: bebaho boyliklarimizga munosabat şumi?
Kuzning saxiy quyoş nurlari erkalaydigan issiq kunlari orqada qolib, qiş yaqinlaşayotganidan darak beruvçi salqin havo hukmronligi boşlanmoqda. Bunday damlarda tabiiy gaz nafaqat uyimizga, balki könglimizga ham iliqlik beradi. Bundan taşqari ovqat pişiriş, çoy qaynatişda ham gaz uy bekalarining beminnat dastyoridir. Bugungi kunda tabiiy gazning turmuşimizdagi örni juda ulkan. Ana şu bebaho qulaylikdan foydalanib sarflagan gaz tölamlarini öz vaqtida tölaydigan, tarmoqda xizmatlar sifatining yaxşilanişiga öz hissasini qöşayotgan yurtdoşlarimiz köpçilik ekanligi quvonarlidir.
Agar bu taʼrif tumanimizda tabiiy gazdan foydalanayotgan barça xonadonlarga ham tegişli bölganida edi, sohadagi köpgina muammolarga örin qolmas edi. Çunki sarflagan tabiiy gazimizning haqini öz vaqtida, oldindan tölab qöysak, bu bizning kelgusida şu xizmatdan uzluksiz foydalanişimizga kafolat bölişi hammamizga ayon. Ana şu oddiy haqiqatni nazariga ilmay, qarzdorligi kun sayin oşib borayotganiga eʼtibor qilmay tabiiy gazdan foydalanayotgan yurtdoşlarimiz ham talaygina.
Joriy yil davomida "Amudaryo-tumangaz” filiali tomonidan sarflangan tabiiy gazdan debitorlik qarzlarini undiriş uçun köpgina çora-tadbirlar körildi. Eslatmalarni inobatga olmagan 2799 ta xonadon jami 720 mln. 778 ming söm qarzdorligi uçun tabiiy gaz tarmoğidan ajratildi. 601 ta xonadondan jami 169 mln. 400 ming söm pul mablaği undirilib, tarmoqqa qayta ulandi.
Şu narsaga eʼtibor qaratiş kerakki qarzdorlikni undiriş uçun xonadonlarga kirilganida asosan uy bekalari, sohiblari hozir imkoniyati bölmayotganini, iloji bölsa, hisob-kitob qilişlarini aytadilar. Nahot tabiiy gaz har kim öz istagiça foydalanadigan, haqini istagan vaqtida tölaşi mumkin bölgan tovar bölsa? Yöq, u xalqimiz boyligi! Undan tejab-tergab foydalanişimiz, öz vaqtida hisob-kitob qilib boriş har birimizning fuqarolik burçimiz emasmi?
Şuni aytiş kerakki, gaz tarmoğidan ajratilgan xonadonlar tez muddatda imkon topişga erişadilar. Ular gaz tarmoğidan ajratilgani uçun tarif kalkulyatsiyasiga asosan qirqiş uçun 23 468 söm, qayta ulaniş uçun yana şunça mablağni qöşimça tölaydilar.
Şu yilning yanvar-oktyabr oylari oraliğida 540 mln. 211 ming söm qarzdorligi mavjud 988 ta xonadonlar sud va notarial idoralariga ötkazilib, ijroga qaratildi. Şundan 312 ta xonadondan 144 mln. 417 ming sömlik qarz undirildi. Sarflagan tabiiy gaz haqini öz vaqtida tölamay, qarzdorligi köpayib ketgani uçun tarmoqdan ajratilgan ayrim xonadonlarda tarmoqqa özboşimçalik bilan ulaniş hollari ham uçramoqda. Bunday şaxslarga Özbekiston Respublikasi "Maʼmuriy javobgarlik töğrisida”gi Kodeksning 101-moddasiga asosan maʼmuriy jazo çoralari, agarda bir yil davomida takroran sodir etsa, Özbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 185-moddasiga asosan jinoiy jazo qöllaniladi. Bundan xulosa şuki, tabiiy gazdan har bir xonadon tölaş imkoniyati darajasida foydalanmoği lozim. Afsuski Manğit şahrining "Navbahor” köçasida istiqomat qiluvçi Azimboy Jumaboyev, Ahmad Otajonov, "Örta qalʼa” ovulidan Jumaboy Jumaniyozov, Töliboy Davlatmurodov, Yangiboy Ollaberganov, Madiyor Xudoyberganov, Qöçqor Adamboyev, Çorşam Vafoyev, Ikrom Eşimbetov, "Yulduz” köçasida yaşovçi Alişer Ollaberganov , "Xizr eli” mahallasida yaşovçi Bozorboy Örozboyev, "Beştom” mahallasida yaşovçi Oybek Yöldoşevlarning tabiiy gazdan qarzdorligi ikki million sömdan oşib, hatto baʼzilarining qarzdorligi tört milliongaça yetganligi uçun ogohlantirilişiga qaramay, gaz sarfidan qarzlarini tölamaganligi uçun sud tartibida undiriş uçun ijroga qaratildi. Buröyxat tuman miqyosida 988 ta xonadonekanliginaqadaraçinarli!Axir ularning qarzi evazigaxizmat haqini öz vaqtida, hatto, oldindantölab qöyayotgan fuqarolarimiz ham jabrköradida.Çunki qarzdorlikning oşişi tabiiy gazyetkazibberişdauzilişlarva boşqa muammolar kelibçiqişigazamin bölişi barçaga ayonhaqiqat.
Kommunal xizmatlar uçuntölamlarniöz vaqtida hisob-kitob qilib boriş – mazkurxizmatlardanfoydalanuvçihar bir fuqaroning burçi. Biroq sarflagan elektr energiyasi uçun haq tölaşni göyo "unutib” qöyadiganlar ham uçraydi oramizda. Natijada dörmanlik Ilhom Eşimbetovdan 112800 söm, Manzura Tursunovadan 107512 söm, qipçoqlik Davlatboy Xolimbetovdan 129450 söm, Rajab Manğitovdan 246 ming 241 söm, Zulfiya Rajabovadan 936674 söm, kuyuk köpirlik Ibodulla Oyimbetovdan 399650 söm, xolimbeglik Gulimbat Örazimbetovdan 145820 söm, çoyköllik Qodirbergan Jumatovdan 66845 söm, "Olmazor” mahallasida yaşovçi Murod Ahmedovdan 96550 söm, "Örta qalʼa” ovulidan Ikrom Eşimbetovdan 185960 söm elektr energiyasidan qarzdorligi uçun sud tartibida undirib olindi. Qöşimçasiga ular tarmoqdan uziliş va yana ulaniş xarajatlarini ham töladilar.
Öz-özidan körinib turibdiki, tölov intizomiga rioya qilmaslik köpgina qöşimça xarajatlarni, ovoragarçiliklarni keltirib çiqaradi. Bunday hollarga yöl qöymaslik, tölamlarni öz vaqtida tölaş hammaning fuqarolik burçidir.
Şuningdek şu yilning 8-oktyabridan kuçga kirgan Özbekiston Respublikasining "Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi Qonuniga muvofiq elektr va issiqlik energiyasidan maqsadsiz foydalangan, zoye ketkizgan mansabdor şaxslarga çora köriş tartibi joriy etildi.
Mansabdor şaxslar tomonidan mazkur qonunbuzarlik yana takrorlansa, ularga nisbatan eng kam iş haqining 15 barobaridan 30 barobarigaça jarima jazosi qöllaniladi.
Oygul RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶