Xalq qabulxonasi – XALQ BILAN DAVLAT OʻRTASIDAGI KOʻPRIK
Joriy yilning oʻtgan olti oyi mobaynida tuman Halq qabulxonasiga fuqarolar tomonidan 243 ta murojaat kelib tushdi. Shundan 85 ta murojaat Xalq qabulxonasi tomonidan koʻrib chiqildi, 144 tasi tuman hududidagi idora va tashkilotlarga, 14 tasi oʻrganib chiqish va muammolarni bartaraf etish uchun yuqori tashkilotlarga yuborildi.
Shundan 24 fuqaro prokuratura faoliyati boʻyicha, 8 nafar fuqaro aliment masalasida, 6 nafar fuqaro sud ijrosi boʻyicha, 15 nafar fuqaro pensiya va nafaqalar boʻyicha, 11 nafar fuqaro uy-joy va yer uchastkalari boʻyicha, 23 nafar fuqaro ish oʻrinlari boʻyicha, 13 fuqaro tabiiy gaz, 17 nafar fuqaro elektr energiyasi taʼminoti boʻyicha va 20 nafar fuqaro moddiy yordam olish boʻyicha murojaat qilishgan.
Yil boshidan hozirgi kunga qadar shu murojaatlardan 74 tasi toʻla qanoatlantirildi, 79 tasi huquqiy maslahat va maʼlumot berish orqali hal etildi. 38 ta murojaat asosli deb topilib, hal etilishi uchun qoʻshimcha hujjat, muddat va oʻrganish talab etiladigan murojaatlar qatoriga kiritildi hamda 30 nafar fuqaroning murojaati atroflicha oʻrganilib, ular boʻyicha zarur tushunchalar berildi.
Oʻtgan olti oy davomida Xalq qabulxonasi tomonidan 66 ta turli mavzudagi tadbirlar oʻtkazildi. Tuman hokimi Sultonboy Yoʻldashev xalq orasiga kirib, ovul va mahalla fuqarolar yigʻinlarida 34-marta sayyor qabullar oʻtkazdi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶