Jamiyat
👁 950
ENG NAMUNALI XONADON ANIQLANDI
Tumanimizdagi barcha ovul, mahalla va shaharchalarda “Jayxun sadosi” internet-radiosi tahririyatining “Sarishtali uy – farishtali uy” deb nomlangan grant loyihasi asosida tanlovlar oʻtkazilib, hududlardagi eng namunali xonadonlar aniqlanmoqda.
5-iyul kuni tumandagi Qilichboy, Doʻrman, Xolimbeg ovullari, Xizr eli, Besh ovul, Toshqalʼa, Yuqori qishloq, Ayoqchi, Qoramon va Boʻz solma mahallaridan ushbu tanlovda ishtirok etayotgan xonadonlar tanlov komissiyasi aʼzolari tomonidan koʻrib chiqilganda, Xolimbeg ovulidagi Erkinboy Qoʻshayevning xonadoni tanlov gʻolibi deb topildi va eng namunali xonadon egasiga tahririyat tomonidan tayyorlangan qimmatbaho sovgʻa topshirildi.
A.JUMANIYoZOV.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶