HARBIY QISMDA MUSTAQILLIGIMIZNING 27 YILLIGIGA BAGʻIShLANGAN TADBIR BOʻLIB OʻTDI
Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yilligi oldidan joylarda bayram munosabati bilan barchaga bayram kayfiyatini ulashish maqsadida turli xil tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Tumanimiz chegara hududida joylashgan 9202-“K” va 9202-“D” harbiy qismlarida ham mustaqilligimizning 27 yilligiga bagʻishlangan “Aziz va yagonamsan, jonajon Oʻzbekistonim” shiori ostida katta tadbir oʻtkazildi. Harbiy qism harbiylari va ularning oila aʼzolari uchun tashkillashtirilgan bu tadbirda Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman boʻlinmasi, tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi, “Oila markazi” , Bandlikka koʻmaklashish markazi, Adliya boʻlimi va Madaniyat boʻlimi masʼul xodimlaridan iborat targʻibot guruhi ishtirok etdi.
Tadbirda targʻibot guruhi aʼzolaridan tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi mutaxassisi G.Chimboychiyeva, tuman Adliya boʻlimi boshligʻi M.Matyusupov, tuman “Oila” markazi rahbari G.Yusupova, Bandlikka koʻmaklashish markazi huquqshunosi B.Matmurodova hamda tuman Madaniyat boʻlimi xodimi O.Begimovlar Oʻzbekistonda mustaqillik yillarida barcha sohalarda olib borilgan islohotlar, ijtimoiy-iqtisodiy yuksalishlar, katta oʻzgarishlar va yangilanishlar haqida soʻzlab oʻtdilar. Shuningdek, qudratli Vatanning jasur himoyachilari boʻlgan harbiylar va ularning oila aʼzolarini bu bayram bilan qutladilar. Targʻibot guruhi tomonidan tashkil etilgan kitoblar yarmarkasi tadbirga yanada fayz kiritdi.
Eng ulugʻ, eng aziz bayram munosabati bilan oʻtkazilgan tadbir barchaga koʻtarinki ruh bagʻishladi.
O.XUDOYBERGANOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶