“YoZGI TAʼTILNI SPORT BILAN ÖTKAZAMIZ!”
Maktab öquvçilarining taʼtil kunlari maroqli ötişini taʼminlaş maqsadida tuman xalq taʼlimi bölimi hamda “Yoşlik” jismoniy tarbiya va sport jamiyatining tuman hududiy bölinmasi tomonidan “Yozgi taʼtilni sport bilan ötkazamiz” şiori ostida turli sport musobaqalari taşkillaştirildi.
18-28-iyul kunlarida “Yoz-2018” sport musobaqalarining tuman bosqiçi ötkazildi. Unda sportning futbol, basketbol, voleybol, stol tennisi, yengil atletika, kuraş, şaxmat va şaşka turlari böyiça ötkazilgan musobaqalarning hududiy bosqiçi ğolibi bölgan 2 mingdan ziyod yoş sportçilar özaro kuç sinaşdilar.
Tumanning 7 ta hududi va Bolalar-ösmirlar sport maktabida 1-4-sinf öquvçilari örtasida ötkazilgan musobaqalarda yengil atletika böyiça Şahzodbek Şomurodov, Çaros Norimmatova, Dilşodbek Davlatov, Eʼtibor Ismoilovalar, mini futbol böyiça 71-maktab öquvçilari jamoasi, şaxmat böyiça Sardor Qurboniyozov, Xolida Otajonovalar, şaşka böyiça Kamoladdin Bahodirov, Anorgul Gaipovalar 1-örin qölga kiritdilar. Şuningdek, 5-10-sinf öquvçilari örtasida futbol, basketbol, voleybol, yengil atletika, kuraş, şaxmat va şaşka sport turlari böyiça ötkazilgan musobaqalarda ham ğoliblar aniqlandi.
“Yozgi taʼtilni sport bilan ötkazamiz” şiori ostida maktab öquvçilari örtasida bölib ötgan sport musobaqalarining tuman bosqiçida ğolib bölgan 760 nafar yoş sportçilar musobaqa taşkilotçilari tomonidan diplom va sovğalar bilan taqdirlandilar.
7-10-sinf öquvçilari örtasidagi musobaqalarning ğoliblariga esa musobaqaning Qoraqalpoğiston Respublikasi bosqiçiga yöllanma berildi.
O. Xudoyberganova.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶