TUBANLIKKA INTILGANLAR
Şarq xalqlari azal-azaldan ayolni aʼzozlab kelgan. Jamiyatimizda hozirgi kunda ham ayollarning roli beqiyos. Turli jabhalarda amalga oşirilayotgan islohotlar-u bunyodkorliklarda hissasi katta ularning.
Afsus nadomatlar bölsinki, ayol nomiga, özi tengi pok qalbli, ezgu orzu-umidli ayollar nomiga doğ tuşiradigan, hayotda öz oldiga maqsad qöyib maqsadlari sari intilib yaşaş örniga tubanlikka intiluvçi ayollar ham bor.
"Qangli” ovulida istiqomat qiluvçi Gulzoda Hayitboyeva (ism familiyalar özgartirib berilmoqda) ham şu yölni tanladi. U halol mehnat qilib öz tuğilgan elida hurmatli, obröli bölib yaşaş, oilasida farzandlarini barkamol insonlar qilib voyaga yetkazib, tinç-xotirjam umrguzaronlik qilişdan köra, egri yölni tanladi. Egrilikning umri qisqa ekanligini öylamadi...
Gulzoda 2011-yilning sentyabr oyida tergov davrida şaxsini aniqlaş imkoni bölmagan kimsadan 1 paketda sof vazni 5 gramm bölgan geroin giyohvandlik moddasini olib, oldindan taniş bölgan Taxiatoş şahri "Xorazm” köçasi 18 uyda yaşovçi Bobur Soliyevga 600 ming sömga sotgan.
U turmuş örtoği Obotov Olloyor bilan jinoiy til biriktirib, 2011-yil 2-oktyabr kuni yana şu miqdordagi "oğu”ni Bobur Soliyevga sotgan. 28-oktyabr kuni şu faoliyat bilan qölga tuşgan Bobur özini taʼminlab turgan ayol ismini, manzilini militsiya xodimlariga aytişidan qörqib, göyo "izsiz yöqolişdi”. Yöq, narkobiznes er-xotin xato öylaşgan ekan. Huquq tartibot xodimlari Gulzodani Rossiya davlatining Moskva şahrida qölga olişdi.
Gulzoda Hayitboyeva qonunga xilof ravişda sotiş, taşiş, saqlaş va isteʼmol qiliş man etilgan giyohvand moddalar savdosi bilan şuğullanganligi uçun qilmişiga yaraşa jazo oldi, olti yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş, jazosi tayinlandi. Jazo muddatining ötalmagan qismi Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2012-yil 5-dekabrdagi "Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 20 yilligi munosabati bilan amnistiya töğrisida”gi Qarorining 7 bandi "a” kiçik bandiga asosan uçdan bir qismi qisqartirildi. 9 mln. 900 ming sömlik "Tiko” rusumli şaxsiy avtomaşinasi esa jinoyat quroli sifatida davlat foydasiga musodara qilindi.
Ezgu, töğri yöl qolib tubanlikka intilgan Gulzoda bu odil hukmdan tegişli xulosa çiqarib olsa, qaniydi?!
"Xolimbeg” ovulida yaşovçi Baxtiyor Murodov ham Gulzoda kabi tayyorlaş, oliş, sotiş, taşiş taʼqiqlangan giyohvandlik moddalar savdosi bilan şuğullanib, baxtli va farovon yaşaşni orzu qilganlarning biri. U Xozarasp tumanida yaşovçi tanişi Ilhom Törayev bilan jinoiy til biriktirib, 85,33 gramm triyak (opiy) köp miqdordagi giyohvandlik moddasini 450 ming sömga sotib olib, özining yaşaş uyida saqlab qöygan.
U 2011-yilning 4-fevralida "Dörman” ovulining Xorazm viloyati bilan çegaradoş hududida Gurlan tumani "Birlaşgan” qişloq fuqarolar yiğinida yaşovçi Ozodbek Xudoyberganovga 20 gramm triyak (opiy) giyohvandlik moddasini sotdi. Bu bilan ham çeklanmay, 9-fevral kuni 61,08 gramm köp miqdordagi "oğu”ni Ozodbek Xudoyberganov va uning tuğişgan akasi Botirlarga bir million ellik ming sömga sotayotgan vaqtida huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan qölga olindi.
Baxtiyor Murodovning uyi tintuv qilinganida, uning yotoqxonasida turgan sariq dublyonkasining içki zamokli çöntagidan qoğoz bölakçasi içida sariq rangli tsellofan paketga öralgan törtburçak şaklda 4,25 gramm triyak (opiy) moddasi topildi.
Bu qilmişlari uçun unga jinoyat işlari böyiça tuman sudi 10-yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosini tayinladi.
Ha, nopok yöl heç qimni yaxşi manzilga yetkazmaganidek, 1976-yilda tuğilgan, uç nafar farzandning otasi Baxtiyorni ham 10-yil muddatga temir panjara içida yaşaşga mahkum etdi.
Ayni umrining eng jöşqin davrida, oilasidan ayro 10-yil qamoq jazosini ötaydigan Baxtiyorning taqdiri, qaniydi, uşbu "zahri qotil” töriga ilinganlarga, savdosi bilan şuğullanib boy bölişini orzu qilayotganlarga saboq bölsa? Qaniydi...
P.DOŞMURATOV,
jinoyat işlari böyiça tuman sudi raisi.
(Foto - http://kun.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶