SAYLOV YaNGIÇA TARTIBDA ÖTKAZILADI
Özbekiston Respublikasi Kons-titutsiyasining 105-moddasiga, Qoraqalpoğiston Respublikasi Konstitutsiyasining 99-moddasiga hamda «Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari töğrisida»gi va «Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovi töğrisida»gi qonunlarga muvofiq fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilarining vakolat muddati şu yil noyabr-dekabr oylarida tugaşi munosabati bilan navbatdagi saylovni ötkaziş muddati 2013-yil noyabr-dekabr oylari etib belgilandi.
Bu saylovlar jarayoni yangi tahrirda qabul qilingan «Fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va uning maslahatçilari saylovi töğrisida»gi Qonun asosida ötkazilişi bilan ahamiyatlidir.
Tumanimizda bölajak saylovlarda 47 nafar fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va ularning 420 nafardan ortiq maslahatçisi saylanişi rejalaştirilmokda.
Qonunga muvofiq fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovi oşkoralik, muqobillik va teng saylov huquqi printsiplari asosida ötkaziladi.
Yangi tahrirdagi Qonunga asosan 2013-yil 27-sentyabr kuni Xalq deputatlari Amudaryo tuman Kengaşi qarori bilan fuqarolar yiğinlari raislari va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş xamda ötkazişda fuqarolar yiğinlariga amaliy yordam beriş uçun tuman hududida fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasi tarkibi tasdiqlandi. Tuman komissiyasi tarkibiga fuqarolar yiğinlarining, davlat organlarining, nodavlat-notijorat taşkilotlarining vakillari kiritildi.
Şu bilan birga bevosita joylarda saylovni taşkil etiş hamda ötkaziş böyiça yangi tahrirdagi Qonunga köra fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) qarori bilan fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkaziş böyiça işçi guruhlar tuziladi. Uşbu işçi guruh fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilarining navbatdagi saylovi eʼlon qilingandan keyingina öz faoliyatini tugatadi.
Işçi guruh tarkibiga qoida tariqasida fuqarolar yiğinining tegişli hududda joylaşgan nodavlat-notijorat taşkilotlar va boşqa taşkilotlarning vakillaridan taşqari Xalq deputatlari tuman Kengaşining deputati ham kiritiladi. Işçi guruh tarkibiga fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli), uning maslahatçilari, fuqarolar yiğini organlarining boşqa xodimlari, şuningdek fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari lavozimiga nomzodlarning, fuqarolar yiğini organlari boşqa xodimlarning yaqin qarindoşlari kiritilişi mumkin emas.
Qonunda işçi guruh vakolatlari aniq belgilab berilgan. Yaʼni işçi guruh: hovlilar, uylar, köçalar hamda şaharçalardagi, qişloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisining fuqarolar vakillari saylovi böyiça umumiy yiğilişlarni taşkil etiş va ötkaziş, hovlilar, uylar, köçalar hamda şaharçalardagi, qişloqlardagi va ovullardagi mahallalar aholisi umumiy yiğilişining iştirokçilarini röyxatga oliş hamda fuqarolarning saylangan vakillari xaqidagi maʼlumotlarni körsatgan holda aholining umumiy yiğilişi bayonnomasini tuziş, tegişli hududda doimiy yaşovçi fuqarolarning fikrini hisobga olgan holda tegişli komissiyaga taqdim etiş uçun nafaqat fuqarolar yiğini raisi, balki uning maslahatçilari lavozimiga ham nomzodlar böyiça takliflar tayyorlaş, böşab qolgan örinlarga fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovi ötkazilişini taşkil etiş va qonun hujjatlariga muvofiq boşqa vakolatlarni ham amalga oşiriş yuklatilgan.
Işçi guruh fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlarga doir hujjatlarni tayyorlaydi va tuman hokimi bilan kelişiş uçun fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari) va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi tuman komissiyasiga saylovdan kamida ön kun oldin taqdim etadi. Hujjatlarga fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlarning öz nomzodi körsatilişiga yozma roziligi ilova qilinadi. Şuningdek, tuman hokimi fuqarolar yiğinlari raislari lavozimiga taqdim etilgan nomzodlarning hujjatlarini körib çiqadi va özining uşbu nomzodlar böyiça asoslantirilgan xulosalarini keyinçalik işçi guruhlarga topşiriş uçun tuman komissiyasiga yuboradi.
Bundan taşqari, işçi guruh tuman hokimining xulosasini olganidan keyin fuqarolar yiğini lavozimiga kelişilgan nomzodlar haqidagi axborotni saylovdan kamida beş kun oldin fuqarolar yiğini binosiga va guzarlarga osib qöyadi.
Fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlar Özbekiston Respublikasi fuqarolari bölişi, qoida tariqasida, oliy maʼlumotli, bevosita saylovga qadar kamida beş yil tegişli xududda doimiy yaşayotgan, nodavlat notijorat taşkilotlarda yoxud tadbirkorlik va boşqa xöjalik faoliyati sohasida iş tajribasiga, şuningdek, hayotiy tajribaga va aholi örtasida obrö-eʼtiborga ega bölişi kerak.
Sud tomonidan muomalaga layoqatsiz, deb topilgan, oğir yoxud öta oğir jinoyatlarni sodir etganlik uçun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki sudlanganligi olib taşlanmagan şaxslar, şuningdek, sudning hukmi bilan ozodlikdan mahrum etiş joylarida saqlanayotganlar, haqiqiy harbiy xizmatdagi şaxslar, diniy taşkilotlarning professional xizmatçilari fuqarolar yiğini raisi lavozimiga saylaniş uçun nomzod etib körsatilişi mumkin emas.
Fuqarolar yiğini raisi maslahatçilari lavozimlariga nomzodlar xam tegişli xududda doimiy yaşaydigan fuqarolarning fikrlari inobatga olingan xolda işçi guruh tomonidan körsatiladi.
Fuqarolar yiğini raisi (oqsoqoli) va uning maslahatçilari saylovini ötkaziş uçun fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) işçi guruhning rahbari raisligida ötkaziladi.
Fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) kun tartibiga, qoida tariqasida, sanoq komissiyasini saylaş, fuqarolar yiğini raisini saylaş hamda uning maslahatçilarini saylaş masalalari kiritiladi.
Fuqarolar yiğinida (fuqarolar vakillarining yiğilişida) raislik qiluvçi fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari lavozimiga nomzodlarni eʼlon qilgandan keyin yiğin raisi lavozimiga nomzodlarning har biriga özining kelgusi faoliyati dasturini eʼlon qiliş uçun alifbo tartibida söz beradi.
Ovoz berişni ötkaziş tartibi böyiça fuqarolar yiğini raisi yoki uning maslahatçilari saylovida oçiq ovoz beriş usuli tanlansa, ovoz beriş har bir nomzod böyiça qöl kötariş yöli bilan ötkaziladi. Bunda fuqarolar yiğinida (fuqarolar vakillarining yiğilişida) raislik qiluvçi fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qöyadi.
Şuningdek, fuqarolar yiğini raisi lavozimiga nomzodlar böyiça ovoz beriş ötkazilganidan keyin, fuqarolar yiğinida (fuqarolar vakillarining yiğilişida) raislik qiluvçi fuqarolar yiğini raisining maslahatçilari lavozimiga nomzodlarni alifbo tartibida ovozga qöyadi.
Fuqarolar yiğini raisi yoki uning maslahatçilari saylovi yaşirin ovoz beriş orqali ötkazilayotganda fuqarolar yiğini (fuqarolar vakillarining yiğilişi) iştirokçilariga sanoq komissiyasi tomonidan saylov byulletenlari beriladi. Byulletenga fuqarolar yiğini raisi yoki uning maslahatçilari lavozimiga nomzodlarning familiyasi, ismi, otasining ismi alifbo tartibida kiritiladi. Byulletenlar bevosita ovoz berişdan oldin tarqatiladi. Byulleten ovoz beruvçi tomonidan yaşirin ovoz beriş kabinasida yoki xonasida töldiriladi. Ovoz beruvçi byulletenning öng tomonida, özi yoqlab ovoz berayotgan fuqarolar yiğini raisi yoki uning maslahatçisi lavozimiga nomzodning familiyasi qarşisida joylaşgan böş törtburçak içiga belgi qöyadi. Ovoz beruvçi töldirilgan byulletenni saylov qutisiga taşlaydi. Saylov qutilari ovoz beriş tugaganidan keyin sanoq komissiyasi tomonidan oçiladi.
Fuqarolar yiğini raisi va uning maslahatçilari saylovi yakunlarini çiqariş tartibiga köra ovoz berişda iştirok etgan fuqarolarning yarmidan köproği ovozini olgan nomzod fuqarolar yiğini raisi yoki uning maslahatçisi lavozimiga saylangan hisoblanadi.
Umuman olganda, saylovga puxta tayyorgarlik körib, uni qonunga muvofiq yuqori taşkiliy-huquqiy darajada ötkazişni taʼminlaşimiz zarur.
Rustam Rözmetov,
tuman hududida fuqarolar yiğinlari raislari (oqsoqollari)
va ularning maslahatçilari saylovini taşkil etiş hamda ötkazişga kömaklaşuvçi
tuman komissiyasi raisi, "Mahalla” xayriya jamoat fondi tuman bölinmasi raisi.
(Foto:http://mahallagzt.uz)

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶