TADBIR YoShLAR DUNYoQARAShI KENGAYIShIGA XIZMAT QILDI
Bugungi kunda turli sohalarda, xususan, isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va maishiy xizmat koʻrsatishda yoshlik gʻayrat-shijoati bilan mehnat qilayotgan ishchi-xizmatchilar orasida milliy istiqlol gʻoyalarini keng targʻib qilish, ularga mafkuraviy immunitetni shakllantirish, yoshlarga berilayotgan imkoniyatlar, imtiyozlarni, mehnat qonunchiligidagi yangiliklarni tushuntirib, targʻib etib, intelektual salohiyatini yuksaltirishga intilish asosiy vazifalardan biridir. Boisi zamonaviy ilm-fan yutuqlari, milliy istiqlol gʻoyalari bilan qurollangan va maʼnaviyatli kadrlar oʻzi mehnat qilayotgan korxona, tashkilot, muassasa yutugʻidir.
Yaqinda “Amudaryotex” xorijiy korxonasida mehnat qilayotgan yoshlar bilan oʻtkazilgan davra suhbatidan koʻzlangan maqsad ham ularda sogʻlom dunyoqarashni mustahkamlash, mehnat jamoasi yutuqlari uchun ragʻbatlantirish, sport mashgʻulotlari, kitob mutoaalasi ahamiyatini targʻib etish, mehnat qonunchiligidagi yangiliklardan xabardor qilish, xavfsiz mehnat sharoitlarini yaratishni targʻib etish edi.
Davra suhbatida Oʻzbekiston isteʼmol tovarlari ishlab chiqarish, savdo va xizmat koʻrsatish tashkilotlari xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Qoraqalpogʻiston Respublikasi tarmoqlari masʼul tashkilotchisi Xaljon Bekmonova, tarmoq Respublika yoshlari birlashmasi raisi Alisher Abdullayev, tuman kengashi raisi Gavhar Jumaniyozovalar ishtirok etib, kun tartibidagi mavzular yuzasidan maʼruzalar qildilar.
Davra suhbati jonli muloqot tarzida davom etdi. Yoshlar oʻzlarini qiziqtirgan koʻplab masalalar boʻyicha munosabatlarini bildirishdi.
Davra suhbatida yoshlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.
Tadbir korxona ishchi-xizmatchi yoshlarida ulkan taassurotlar qoldirdi.
O.RAJABOVA.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶