Jamiyat
👁 511
TADBIRKORLAR QOʻLLAB-QUVVATLANMOQDA
Amudaryo tumani prokuraturasi tashabusi bilan tumanda faoliyat yuritayotgan hamda harakatsiz turgan tadbirkorlik subʼektlariga toʻsqinlik qilayotgan muammolar oʻrganilib, ularni bartaraf qilish choralari koʻrilmoqda.
Jumladan yakka tartibdagi tadbirkor Rustam Kazakovning kredit olish boʻyicha garov muammosi hal etilib, unga AT “Mikrokreditbank”ning Mangʻit filialidan kredit beriladigan boʻldi. Shuningdek tuman elektr va suv tarmoqlari korxonalariga ham “Jayxun Fazila” oilaviy korxonasiga elektr kabellarini oʻzgartirishda va ichimlik suvi bilan taʼminlanishida yordam koʻrsatish vazifasi topshirildi.
Tadbirkorlar tuman prokuraturasi xodimlarining bunday yordamlaridan xursand boʻlmoqdalar.
A.Jumaniyozov.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶