«FAROVON» MAHALLASIDA OBODONLAShTIRISh VA TOZALASh IShLARI HAMJIHATLIKDA OLIB BORILMOQDA
Mamlakatimizda avgust oyi obodonlashtirish va tozalik oyligi deb eʼlon qilinganligi sababli, barcha hududlarda obodonlashtirish ishlari oʻtkazilmoqda. Ayniqsa, 18-19-avgust kunlarida boʻlib oʻtgan umumxalq xayriya hasharida barcha yurtdoshlarimiz hamjihatlik bilan ishtirok etdilar.
Tumanimizdagi Farovon aholisi ham mustaqilligimizning 27 yillik bayramini munosib kutib olish maqsadida oʻz uyi, mahallasini tozalab, obodonlashtirish ishlarida uyushqoqlik bilan ishtirok etmoqda va yurtimiz obod boʻlishiga hissa qoʻshmoqda. Mahalladagi 644 xonadonda 2240 aholi istqomat qiladi. Shuningdek, uning hududida mudofaaga koʻmaklashuvchi “Vatanparvar” tashkiloti, “Amudaryoqurilish” MChJ, tuman “Kimyo” korxonasi binolari hamda maishiy xizmat koʻrsatish va savdo shoxobchalari joylashgan. Aksariyati yosh oilalar va yoshlardan iborat boʻlgan mahalla ahlining 1200 nafari, ayniqsa, umumxalq xayriya hasharida faollik koʻrsatadi. Oylik davomida va hashar kunlarida mahalla hududidagi tashkilotlar binolari, yashash joylari, mahalla binosi taʼmirlanib, obodonlashtirildi. Aholi tomorqasiga suv yetkazadigan ariq va zovurlar tozalandi.
Qurbon hayiti arafasida mahallada yashovchi nogironligi boʻlgan fuqaro Muxtor Kamolovning xonadoniga borilib, oziq-ovqat mahsulotlari berildi va hovli atrofini tozalab, obodonlashtirilishiga koʻmaklashildi.
Mahallada amalga oshirilayotgan milliy qadriyatlarimizga xos boʻlgan mehr-muruvvat, hamjihatlik kabi fazilatlarni yuksaltiruvchi bunday ezgu amallar mustaqillik bayrami arafasida barchada yurtimizdagi bunyodkorlik ishlarida daxldorlik hissini uygʻotmoqda.
Salomat Masharipova,
tuman Xotin-qizlar qoʻmitasi mutaxassisi.

▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶
▶